Dehli şahrida bölib ötgan uçraşuvda Özbekistonning Hindistondagi elçisi Sardor Rustamboyev Tejas Networks kompaniyasi vitse-prezidenti Rajniş Khullar bilan muzokara olib bordi. Unda tomonlar mamlakatda ilğor telekommunikatsiya yeçimlarini joriy etiş istiqbollarini muhokama qildi.
Tejas Networks — Hindistonning Tata Group konglomerati tarkibiga kiruvçi yetakçi telekommunikatsiya uskunalari işlab çiqaruvçisi bölib, uning mahsulotlari 75 dan ortiq mamlakatga eksport qilinadi. Kompaniya aloqa operatorlari, internet-provayderlar hamda davlat va mudofaa sektorlari uçun yuqori texnologik yeçimlar taklif etadi.
Uçraşuvda Hindiston tomoni Özbekistonda qöşma loyihalarni amalga oşirişga katta qiziqiş bildirdi. Xususan, Tejas Networks va “Özbektelekom” AK örtasida 5G tarmoqlarini joriy etiş, simsiz infratuzilmani kengaytiriş hamda çekka hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan qamrab oliş böyiça hamkorlikni yölga qöyiş taklif etildi.
Şuningdek, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş va telekommunikatsiya sohasi uçun malakali kadrlar tayyorlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar Özbekistonda zamonaviy telekommunikatsiya uskunalarini işlab çiqarişni taşkil etiş imkoniyatlarini ham muhokama qildi.
Qayd etilişiça, Tejas Networks telekommunikatsiya sohasida patentlar soni böyiça Hindistonda yetakçi hisoblanadi hamda Nokia, Ericsson va Huawei kabi global kompaniyalar bilan raqobatlaşib kelmoqda.









