Jahon | 21:55 / 20.03.2026
2356
2 daqiqa o‘qiladi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi matbuot kotibi Nainiy o‘ldirildi

Shuningdek, OAVda IIQQ harbiy-kosmik kuchlari qo‘mondoni Mahdi Qurayshiy ham AQSh-Isroil tomonidan Isfahonga berilgan zarbalar natijasida halok bo‘lgani haqida xabar qilinmoqda.

Foto: AP

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili, general Ali Muhammad Nainiy 20 mart kuni AQSh va Isroilning havo zarbalari oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda IIQK matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Chuqur qayg‘u va shu bilan birga, faxr tuyg‘usi bilan madaniyat va media sohasida faoliyat yuritgan IIQK general-mayori, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosar va korpusning rasmiy vakili shahid bo‘lganini ma’lum qilamiz», — deyiladi korpus bayonotida.

Ta’kidlanishicha, general musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyining so‘nggi kuni erta tongda amalga oshirilgan terroristik hujum qurboni bo‘lgan.

Shuningdek, OAVda IIQQ harbiy-kosmik kuchlari qo‘mondoni Mahdi Qurayshiy ham AQSh-Isroil tomonidan Isfahonga berilgan zarbalar natijasida halok bo‘lgani haqida xabar qilinmoqda.

Xabarga ko‘ra, Qurayshiy Isfahondagi “Ji” sanoat hududiga zarba berilishi oqibatida halok bo‘lgan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid