Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan o‘z hududida IIQK faoliyatini taqiqladi
Shuningdek, eronliklar uchun viza rejimini joriy qildi.
Livan bosh vaziri Navof Salom Eron fuqarolari uchun vizasiz rejim bekor qilingani haqida xabar berdi. Shuningdek, yaqin vaqt ichida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IIQK) Livan hududidagi har qanday harbiy faoliyati rasman taqiqlanadi.
Livan axborot vaziri Pol Morkosning tushuntirishicha, bu hukumatga IIQK a’zolarini hibsga olish va deportatsiya qilish imkonini beradi.
Avvalroq Livan eronparast «Hizbulloh»ning harbiy faoliyatini taqiqlagan edi.
Livanda Isroil harbiylarining operatsiyasi 4 kundan beri davom etmoqda: 83 ming kishi evakuatsiya qilingan, 77 kishi halok bo‘lgan, 527 kishi yaralangan.
Avvalroq, TSAHAL Erondan Livanga qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan Livan IIQK shtab-kvartirasi rahbari Rizo Huzaiy yo‘q qilingani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
21:41 / 07.07.2026
Eronda Ali Xominaiyning dafn marosimi o‘tkazilmoqda – suratlar
22:10 / 06.07.2026
Eronning yana bir “kuzir”i - Afrika va Osiyoni ajratib turgan Bob al-Mandab bo‘g‘ozi haqida
10:17 / 06.07.2026
Tehrondagi dafn marosimi: Xominaiyning uch o‘g‘li ko‘rinish berdi
08:33 / 02.07.2026