Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bokuda XV asrga oid “Buxoro karvonsaroyi” restavratsiyadan so‘ng ochildi
O‘tmishda u Movarounnahr shaharlaridan kelgan savdogarlar va sayyohlar uchun savdo, madaniy va do‘stona aloqalarni rivojlantirish markazi bo‘lib xizmat qilgan.
Ozarboyjon poytaxtida keng ko‘lamli restavratsiya ishlari yakunlangan “Buxoro karvonsaroyi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan XV asr yodgorligi Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning topshirig‘i va “Icherishahar” davlat tarixiy-me’moriy qo‘riqxonasi boshqarmasi iltimosiga binoan 3,5 yil ichida kapital ta’mirlandi.
O‘tmishda u Movarounnahr shaharlaridan kelgan savdogarlar va sayyohlar uchun savdo, madaniy va do‘stona aloqalarni rivojlantirish markazi bo‘lib xizmat qilgan.
Yangi konsepsiyaga ko‘ra, karvonsaroy hunarmandlar uchun zamonaviy ijod maskaniga aylantirildi. Majmuada 18 ta xona bo‘lib, ularning har biridan turli yo‘nalishdagi ustalar foydalanadi. Bu yerda to‘quvchilik, haykaltaroshlik, ko‘nchilik, rassomlik, gilamdo‘zlik, miniatyura, badiiy kulolchilik va yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
13:41 / 17.03.2026
Bokuda fransiyalik shaxs josuslik aybi bilan 10 yilga hukm qilindi
18:47 / 13.11.2025
O‘zbekiston – Ozarboyjon uchun qardosh mamlakat, ishonchli ittifoqchi – Ilhom Aliyev
15:56 / 02.07.2025
Bokuda ushlangan rossiyaliklar to‘rt oyga hibsga olindi
15:12 / 03.04.2025