Özbekiston – Ozarboyjon uçun qardoş mamlakat, işonçli ittifoqçi. Bizni muştarak ildizlar, ma’naviy qadriyatlar, til, etnik yaqinlik, boy tarixiy va madaniy meros birlaştirib turadi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ÖzA naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Asrlar davomida qardoş xalqlarimiz özaro iliq munosabatda bölib, bir-birini çuqur hurmat qilgan. Bugun davlatlararo munosabatlarimiz ana şu mustahkam poydevor asosida muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgani quvonarli, albatta. Hozirga kelib, Ozarboyjon va Özbekiston örtasidagi munosabatlar eng yuqori – ittifoqçilik darajasiga kötarilgan», dedi Aliyev.
Uning sözlariga köra, Özbekiston Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini doimo qöllab-quvvatlab kelgan.
«Fursatdan foydalanib, qardoş Özbekistonga Qoraboğni tiklaş, xususan Fuzuliyda hozir 600 nafarga yaqin öquvçi ta’lim olayotgan buyuk özbek olimi Mirzo Uluğbek nomidagi maktab qurilişiga qöşgan hissasi uçun minnatdorlik bildiraman. Özbekiston Qoraboğ mintaqasini tiklaşda yordam körsatiş taşabbusi bilan çiqqan dunyodagi birinçi davlat böldi. Biz buni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz örtasidagi hamjihatlik, döstlik, birodarlik ifodasi sifatida doimo yodda saqlaymiz», dedi Aliyev.












