Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
🔴 LIVE: Hafta issiq bo‘lishi prognoz qilinmoqda
Joriy hafta ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy vilyatlari aholisi uchun g‘ayritabiiy issiq kelishi mumkin. 26 mart kunini hisobga olmasa, hududlarda ob-havo quruq va issiq o‘tishi oydinlashyapti. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov haftadagi ob-havo kutilmalari bilan Kun.uz'ning jonli efirida tanishtiradi.
Payshanba-juma kunlari janub viloyatlarida kunduzgi havo harorati +30 daraja va undan ham yuqori ko‘tarilishi mumkin. Vodiy viloyatlarida ham haftaning ikkinchi yarmidan tungi va kunduzgi harorat qiymatlari asta ko‘tarilib boradi.
Shimol va Buxoro viloyatlarida aprel oxiriga xos muhit hukm suradi, boshqa hududlar uchun aprel o‘rtalariga xos iqlimiy muhit kutilyapti. Bu davr nabotot olami uchun qulay palla hisoblanadi, ekin-tekin ishlari boshlanib ketadi.
Keyingi hafta ham sezilarli issiq ob-havo muhiti ostida o‘tishi oydinlashmoqda. Hozirgi kutilmalar bo‘yicha aprelning birinchi o‘n kunligida haroratining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq kutilmalar mavjud emas.
Shuning uchun joylarda tuproqning 10 sm chuqurlikdagi harorati va tuproq namligidan kelib chiqib, ekish ishlarini boshlash kerak. Quyida hududlar uchun chigit ekishning optimal muddat prognozini taqdim etmoqdamiz:
