Texnologiya | 23:37 / 28.03.2026
652
2 daqiqa o‘qiladi

Yamaha xavfsizlik yostiqchasiga ega dunyodagi ilk skuterni taqdim etdi

Yostiqcha faqat old tomondan to‘qnashuv sodir bo‘lganida va muayyan sekinlashish holatida ishga tushadi. Orqadan yoki yon tomondan zarba bo‘lganda yoki ag‘darilish holatida u ochilmaydi.

Foto: yamaha-motor.eu

Yamaha kompaniyasi yangilangan uch g‘ildirakli Tricity 300 skuterini namoyish qildi. U segment tarixida ilk bor xavfsizlik yostiqchasi bilan jihozlangan.

Tizim old panelga o‘rnatilgan va korpusning markaziy qismida joylashgan ikkita G-sensor orqali boshqariladi. Datchiklar skuterning old qismida zarbaga xos keskin sekinlashni aniqlab, yostiqchani ishga tushiradi.

Motosikllardagi o‘xshash tizimlardan farqli ravishda, unda sferik shakldagi yostiqcha qo‘llanilgan. U yuqoriga ochilib, haydovchi bilan rul kolonkasi o‘rtasida to‘siq hosil qiladi va kinetik energiyani samarali yutadi.

Yostiqcha faqat old tomondan to‘qnashuv sodir bo‘lganida va muayyan sekinlashish holatida ishga tushadi. Orqadan yoki yon tomondan zarba bo‘lganda yoki ag‘darilish holatida u ochilmaydi. Tizim to‘liq sinov sikllaridan, jumladan kompyuter modellashtirish va haqiqiy krash-testlardan o‘tgan.

Buyuk Britaniya bozorida yangi model 11 770 dollar deb baholanmoqda.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid