Ayrim ma’lumotlarga köra, hozir 130 ming nafarga yaqin yoşlar kurerlik xizmati bilan band. Bu faqat velosiped, moped va skuterlar orqali xizmat körsatayotgan fuqarolardir.
Xalq demokratik partiyasiga köra, Kambağallikni qisqartiriş, bitta barqaror iş örni yaratiş uçun köplab çoralar körilayotgan hozirgi muhim davrda özini özi band qilgan, xalqqa xizmat qilayotgan fuqarolardan moped va skuterlarni boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi talab qilinayotgan vaqt qisqa hisoblanadi.
"Töğri, bu borada hukumat tomonidan muddatlar uzaytirilgan, biroq talabgorlarning juda ham köp bölgan miqdorini inobatga olib, bu davrda hujjat talab qiliş maqsadga muvofiqligini yana bir bor öylab köriş lozim. Boisi, mazkur sohada xizmat qilayotgan köplab fuqarolar boqimandalik kayfiyatiga berilmasdan, kimdandir yordam kutmasdan, daromad topişga, moliyaviy muammolarini özi hal qilişga intilmoqda", deyiladi partiya bayonotida.
Partiya joriy etilişi kutilayotgan tartibga köra, bir kunda yuz minglab yoşlar daromad manbaisiz, işsiz qolişi mumkinligini bildirdi.
XDP joriy yilning 1 oktyabridan moped va skuterlarni boşqariş uçun haydovçilik guvohnomasi talab etilişi muddatini keyingi yilga qoldirgan holda, haydovçilik guvohnomasi va davlat raqamini oliş uçun muddatlar va tölovlar miqdorini qayta körib çiqiş lozim, deb hisoblaşini bildirdi.
XDP mazkur ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega masala böyiça davlat siyosatiga munosib yeçim topilişini sörab, deputatlik sörovi kiritişini ma’lum qildi.












