Özbekistonda 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran “A1” toifadagi haydovçilik guvohnomasi joriy etiladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi
Qarorga köra, milliy haydovçilik guvohnomasining “A1” kiçik toifasi – moped va skuterlarni, şuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oşmaydigan, iş hajmi 25 sm3 gaça bölgan içki yonuv dvigateliga ega bölgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattgaça bölgan kiçik hajmdagi mototransport vositalarini (individual harakatlaniş vositalari bundan mustasno) boşqariş huquqini beradi.
“A1” toifadagi haydovçilik guvohnomasini oliş uçun avtomaktabda öqiş şart bölmaydi. Nazariy va amaliy imtihonlarni topşiriş uçun talabgorlardan öqişni tugatgani haqida guvohnoma talab etilmaydi. Ular öz ixtiyoriga köra öquv kurslarida (onlayn yoki oflayn şaklda) öqişi yoki mustaqil tayyorlanişi mumkin böladi.
Bunda, nazariy imtihonda 20 ta testdan kamida 16 tasiga töğri javob bergan “A1” toifaga nomzodlar “nazariy imtihonni topşirgan” deb hisoblanadi va amaliy imtihonga qöyiladi.
1 yanvardan boşlab, şuningdek, “A”, “B”, “C”, “D” toifadagi haydovçilik guvohnomasiga ega şaxslar “A1” kiçik toifadagi transport vositalarini boşqariş huquqiga ega böladi.
3 oy muddat içida yöl harakati qoidalari, transportni boşqariş xavfsizligi va boşqa yönalişlar böyiça zarur bilim va könikmalarni şakllantirişga kömaklaşuvçi elektron öquv materiallari işlab çiqilişi lozim. Bu materiallar barça uçun oçiq böladi.

















