Jahon | 21:34 / 29.03.2026
8298
5 daqiqa o‘qiladi

AQShda 8 million kishi Trampga qarshi namoyishlarga chiqdi – fotosuratlar

«Qirolga yo‘q» shiori ostidagi norozilik aksiyalari barcha shtatlarda o‘tkazildi.

28 mart kuni AQShda prezident Donald Tramp va uning ma’muriyatiga qarshi navbatdagi keng ko‘lamli norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. «Qirolga yo‘q» (No Kings) shiori ostidagi bundan oldingi ikki aksiya 
2025 yilning iyun va oktyabr oylarida o‘tkazilgandi. Bu aksiyalarning har birida butun mamlakat bo‘ylab bir necha million kishi qatnashmoqda. Mart oyidagi namoyishlar doirasida barcha 50 shtatda 3300 ga yaqin marsh va mitinglar uyushtirildi – bu har qachongidan ko‘proq. Tashkilotchilarning baholariga ko‘ra, sakkiz milliondan ortiq amerikaliklar ko‘chalarga chiqishgan. Ular Erondagi urush, migratsiya siyosati keskinlashtirilishi hamda mamlakatning amaldagi prezidentining avtoritarizmiga qarshi norozilik bildirishdi. Trampning o‘zi hozircha bu chiqishlarga munosabat bildirmadi. Quyidagi fotojamlanmada bu keng ko‘lamli aksiya qanday o‘tgani aks etadi.

Nyu York

Nyu Yorkdagi norozilik marshida shtat bosh prokurori Letitsiya Jyeyms, aktyor Robert De Niro, shuningdek aktivist, ruhoniy va siyosatchi Al Sharpton oldingi qatorda borishdi. 2026 yil 28 mart
Milo Hess / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Adam Gray / AP / Scanpix / LETA
AQSh Konstitutsiyasi muqaddimasining birinchi so‘zlari yozilgan mato. 2026 yil 28 mart
Selcuk Acar / Anadolu / Getty Images
Nyu Yorkdagi Tayms-skverda to‘plangan namoyishchilar. 2026 yil 28 mart
Jerome Gilles / NurPhoto / Getty Images

Vashington 

Chinax Newsx Servicex / Scanpix / LETA
Erondagi qizlar maktabida 165 dan ortiq kishi raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lishi voqeasiga bag‘ishlangan plakat. Namoyishchi Tramp ma’muriyatini savolga tutmoqda. 2026 yil 28 mart
Mehmet Eser / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Martin Lyuter Kingning nutqidan olingan «Menda orzu bor» so‘zlari tushirilgan plakat, 2026 yil 28 mart
Aashish Kiphayet / ZUMA Wire / Scanpix / LETA
Tess Crowley / The Deseret News / AP / Scanpix / LETA

Denver 

Marvel komikslari superqahramoni Kapitan Amerika libosidagi erkak, 2026 yil 28 mart
Cheney Orr / Reuters / Scanpix / LETA
Cheney Orr / Reuters / Scanpix / LETA

Los-Anjyeles

 

Los-Anjyeles politsiyasi Tramp siyosatiga qarshi norozilik namoyishi paytida Ozodlik haykali kiyimidagi zanjirband ayolni qo‘lga oldi. 2026 yil 28 mart
Etienne Laurent / AFP / Scanpix / LETA

Tobin Hill / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Tobin Hill / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Politsiya Los-Anjyelesda namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llamoqda. 2026 yil 28 mart
Ringo Chiu / Reuters / Scanpix / LETA
Los-Anjyelesda Trampga qarshi namoyishni tarqatayotgan otliq politsiyachilar. 2026 yil 28 mart
Etienne Laurent / AFP / Scanpix / LETA
Namoyishlar vaqtida qo‘lga olingan kishilar. 2026 yil 28 mart
Jill Connelly / AP / Scanpix / LETA

Portlend 

Namoyishchilar Portlenddagi Po‘lat ko‘prik orqali o‘tishmoqda, Oregon shtati. 2026 yil 28 mart
Benjamin Hanson / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Benjamin Hanson / ZUMA Press Wire / Reuters / Scanpix / LETA
Benjamin Hanson / ZUMA Press Wire / Reuters / Scanpix / LETA
Immigratsiya politsiyasi xodimlari ICE binosi yaqinida «Qirolga yo‘q» aksiyasi ishtirokchilarini qo‘lga olmoqda. Portlend, 2026 yil 28 mart
John Rudoff / Reuters / Scanpix / LETA
John Rudoff / Reuters / Scanpix / LETA

Boshqa shaharlar

 

Oklend, Kaliforniya. 2026 yil 28 mart
Bronte Wittpenn / San Francisco Chronicle / AP / Scanpix / LETA

Ostin, Texas. 2026 yil 28 mart
Evan Garcia / Reuters / Scanpix / LETA
Boston, Massachusets. 2026 yil 28 mart
Rob Schoenbaum / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Chikago, Illinoys. 2026 yil 28 mart
Kamil Krzaczynski / AFP / Scanpix / LETA
Bostonda norozilik aksiyalariga 100 mingga yaqin kishi qo‘shildi. 2026 yil 28 mart
Brian Snyder / Reuters / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid