Jahon | 22:50 / 31.03.2026
1520
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eronning boyitilgan uran zaxiralarini nazoratga olmoqchi emasligini aytdi

Ular chuqur yer ostida joylashgan, ularga yetib borish juda qiyin, dedi Tramp.

Foto: Getty images

AQSh prezidenti Donald Tramp 31 mart kuni Erondagi boyitilgan uran zaxiralariga yetib borish juda qiyinligini, shuning uchun ular haqida o‘ylamasligini aytdi.

- Bu haqda o‘ylayotganim ham yo‘q. Shunchaki ular vayronalar ostida, chuqur yer ostida joylashganini bilaman. Va ularga yetib borish juda qiyin, dedi Tramp CBS News telekanaliga.

Kuni kecha The Wall Street Journal nashri manbalarga tayanib, Amerika yetakchisi va uning ba’zi ittifoqchilari xususiy tartibda maqsadli operatsiya davomida uranni qo‘lga kiritish mumkinligi va bunday operatsiya urush muddatini sezilarli darajada uzaytirmasligi haqida xulosaga kelgani haqida yozgan edi.

Tramp Amerikaning Eronga qarshi operatsiyasidan maqsad Tehronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik ekanini bir necha bor ta’kidlagan. Shu bilan birga, Eron tomoni ko‘p yillar davomida bunday qurol ishlab chiqarilmasligini ta’kidlab keladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid