Jamiyat | 11:45
4755
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 4 egizak dunyoga keldi

Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashovchi Odiljon va Sevara Abdullayevalar oilasida bir yo‘la 4 egizak tug‘ildi. Ular 2 yoshli qizalog‘ini tarbiyalab kelayotgan edi. Endilikda 5 nafar farzandning ota-onasiga aylandi.

SSV matbuot xizmatiga ko‘ra, chaqaloqlar Respublika perinatal markazida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga kelgan.

  • Ulardan birinchisi o‘g‘il, vazni 1412 gramm, bo‘yi 37 sm; 
  • Ikkinchisi esa qizaloq, vazni 1624 gramm, bo‘yi 37 sm;
  • Uchinchi egizak ham qizaloq, vazni 1466 gramm, bo‘yi 37 sm;
  • To‘rtinchisi o‘g‘il, vazni 1780 gramm, bo‘yi 38 sm.

Ayni paytda chaqaloqlar tibbiyot muassasasida xalqaro protokollar asosida parvarishlanmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid