O‘zbekiston | 14:27
586
2 daqiqa o‘qiladi

Media haftalik: sun’iy intellektdan kreativ kontentgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi so‘nggi 5 kun mobaynida zamonaviy media jarayonlar qaynayotgan maydonga aylandi: OAV uchun kontent tayyorlash markazi hamkorlar bilan birga Media haftalik o‘tkazmoqda. Tadbir an’anaviy ma’ruza shaklidan voz kechib, to‘liq amaliy mashg‘ulotlarga asoslangan.

Aynan amaliy mashg‘ulotlar bois, Media haftalik ishtirokchilar uchun shunchaki o‘quv jarayoni emas, balki media fikrlashni qayta shakllantiruvchi, kasbiy dunyoqarashni kengaytiruvchi haqiqiy tajriba maktabiga aylandi.

Haftalikda 60 nafardan ortiq axborot xizmati rahbarlari va xodimlari, 80 nafardan ziyod televideniye vakillari, 50 nafardan ortiq bosma va elektron OAV xodimlari ishtirok etdi. Shu bilan birga, yana shuncha mustaqil blogerlar ham jarayonga jalb qilindi.

Eng katta guruhni esa 500 nafardan ziyod mobilograf, SMM mutaxassisi va kontent yaratuvchi yoshlar tashkil etdi. Natijada, umumiy ishtirokchilar soni 700 nafardan oshib, tadbir o‘z ko‘lami jihatidan yirik media forum sifatida shakllandi.

Ishtirokchilar beshta asosiy yo‘nalish bo‘yicha o‘qitildi. Mashg‘ulotlarda sun’iy intellekt, faktcheking, raqamli etika va ma’lumotlarni vizuallashtirish bo‘yicha chuqur bilimlar berilib, zamonaviy medianing nazariy va amaliy asoslari uyg‘unlashtirildi.

Televideniye vakillari uchun reportajlarni kreativ formatda tayyorlash, zamonaviy videokameralarda sifatli ishlash va montaj usullari bo‘yicha amaliy darslar tashkil etildi. Bu jarayonlar efir mahsulotlariga yangi nafas bag‘ishlashga xizmat qiladi.

Axborot xizmati xodimlari strategik kommunikatsiya, krizis holatlardagi harakatlar va KPI tizimlari bo‘yicha bilimlarini oshirdi. Bu ularning faqat axborot tarqatuvchi emas, balki jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi muhim sub’yektga aylanishini ta’minlaydi.

Haftalik doirasida 10 000 nafar SMM mutaxassisini tayyorlash loyihasi bo‘yicha 7 000 nafardan ortiq yoshlar qamrab olingani, ulardan 2 000 nafari muvaffaqiyatli bitirgani qayd etildi. Qoraqalpog‘istonda esa 500 nafardan ziyod yoshlar ushbu jarayonda ishtirok etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mobilografiya bo‘yicha 1 000 nafar yoshlar, jumladan, Qoraqalpog‘istonda 175 nafari o‘qitilib, ulardan 68 nafari mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lgan, 23 nafari esa ish bilan ta’minlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid