Foydali | 20:38 / 07.04.2026
2240
11 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kvartiralar necha pul?

Toshkentda kvartira narxlari tumanlarga qarab farq qiladi. Hozirda Toshkentdagi yangi qurilgan uylarda 1 kvadrat metr narxi 900 $ dan 2 200 $ gacha, bir xonali kvartiralar esa joylashgan o‘rniga qarab uch baravardan ham ko‘proqqa farq qilishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Biz Toshkentning barcha tumanlari bo‘yicha e’lonlarni o‘rganib chiqdik, kvartira turlari bo‘yicha narxlarni ko‘rib chiqdik va uy-joy bozorida nima bo‘layotganini o‘rgandik.

Toshkentda eng qimmat yangi qurilgan uylar qayerda?

Birlamchi bozorda eng yuqori narxlar asosan Mirobod, Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlarida. Sotuv e’lonlariga ko‘ra 1 kvadrat metr narxlari quyidagicha:

  • Mirobod: 1 470 dan 2 200 $ gacha
  • Yakkasaroy: 1 400 dan 2 000 $ gacha
  • Shayxontohur: 1 350 dan 1 950 $ gacha

Bu tumanlarda 1 m² uchun 2 500–3 000 $ va undan yuqori narxli turar-joy majmualari mavjud, ammo ularni hisobga olmadik: bu alohida toifa bo‘lib, ularning narxlari umumiy bozorni aks ettirmaydi.

Toshkentdagi yangi qurilgan uylarda bir kvadrat metr narxi

O‘rtacha darajadagi narxlar Mirzo-Ulug‘bek, Yunusobod va Chilonzorda: bir kv.m. 1 300–1 650 $. Eng arzon tumanlar: Sergeli (900 $dan 1 200 $ gacha) va Bektemir (900 $ dan 1 250 $ gacha).

2026 yilda kvartiralar narxi

1 xonali kvartiralar (40 m²)

Yangi qurilgan va ikkilamchi uylar orasidagi eng katta farq Mirobod, Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlarida. Bektemir va Sergelida farq minimal, 4–8 ming.

Manba: ITIM 2025 yil uchun sharhi; sotuv e’lonlari, 2026 yil fevral.

2 xonali kvartiralar (60 m²)

Ikki xonali uylar eng talabgir hisoblanadi, ikkilamchi bozorda ham, yangi qurilishlarda ham yaxshi sotiladi. Markaz va chekka hududlar o‘rtasidagi farq bu yerda eng sezilarli bo‘lib, yangi qurilishlarda tafovut 100 ming dollargacha yetadi.

Manba: ITIM 2025 yil uchun sharhi; sotuv e’lonlari, 2026 yil fevral.

3 xonali kvartiralar (80 m²)

Kvartira qanchalik katta bo‘lsa, tumanlar orasidagi narxlar shunchalik ko‘proq farq qiladi. Mirobod, Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlarida yangi qurilishlardagi uch xonali kvartiralar 120 ming dollar va undan qimmatroq turadi.

Manba: ITIM 2025 yil uchun sharhi; sotuv e’lonlari, 2026 yil fevral.

Nima uchun bir tumandagi kvartiralar turlicha narxda bo‘ladi?

Hatto bir tuman ichida ham kvartiralar narxi ancha farq qilishi mumkin. Buni Mirobod tumani misolida ko‘rib chiqamiz.

Eng qimmat kvartiralar odatda tumanning shimoliy qismida, Oybek metro bekati, Nukus ko‘chasi va shaharning tadbirkorlik markaziga yaqin joylarda. Bu yerda yangi turar joy majmualari ko‘proq, infratuzilma rivojlangan va transport qulay.

Mirobod tumanining markaziy qismi («Oybek» metrosi, «Mingo‘rik»): bu yerda kvartiralar narxi ancha baland.

Tumanning janubiy qismi, aeroport va Qo‘yliqqa yaqin joylarda esa ancha arzon. Bu yerda yangi tura rjoy loyihalari kam, hududning bir qismini esa sanoat va omborxona hududlari egallagan.

Mirobod tumanining janubiy qismi (Qo‘yliq hududi): takliflar 28–50 ming $dan boshlanadi.

Shuningdek, kvartira narxiga quyidagi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi:

Qurilish bosqichi

Qurilishning ilk bosqichida kvartiralar odatda arzonroq bo‘ladi. Uy tayyor bo‘lib borgan sari narx oshadi, topshirilgan yangi uylarda esa kvartiralar qimmatroq turadi. Masalan, e’lonlarda bir xonali kvartiralarni taxminan 45–55 ming $ga uchratish mumkin, tayyor uylardagi shunday kvartiralar esa 80–100 ming dollar va undan baland bo‘lishi mumkin.

Kvartira joylashgan qavat

Narx qavatga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, 70–80 m² maydonli ikki xonali kvartiralar taxminan 95–110 ming dollarga sotilishi mumkin, bunda narx qavat va oynadan ko‘rinishga qarab farq qilishi mumkin.

Kvartira maydoni

Narx odatda bir kvadrat metr uchun ko‘rsatiladi, shuning uchun yakuniy narx kvartiraning umumiy maydoniga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 60 m² maydonli kvartira 1 300 dollar/m² narxda 78 ming dollar turadi, 90 m² kvartira esa 117 ming dollar bo‘ladi.

Kvartira loyihasi

Kvartira narxi faqat maydonga emas, balki loyihasiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, 60–70 m² maydonli kvartira, agar maydon alohida xonalarga bo‘lingan bo‘lsa, ham bir xonali, ham ikki xonali bo‘lishi mumkin.

Ta’mir turi

Kvartiraning holati ham narxga ta’sir qiladi:

  • quti (ta’mirsiz) — faqat devor, derazalar va kommunikatsiyadan iborat;
  • white box — ta’mirga bazaviy tayyor: devorlar va pollar tekislangan;
  • yarim tayyor — devor, pol, eshiklari va santexnikasi tayyor;
  • to‘liq ta’mirlangan — ko‘chib kirib yashashga tayyor kvartira.

Turar joy majmuasining toifasi

Narxga turar joy majmuasi toifasi ham ta’sir qiladi. Yangi qurilishlar bozorida bir nechta toifa mavjud — komfort, komfort+, biznes-klass va premium. Ular qurilish sifati, me’morchilik, hududning obodligi va infratuzilma darajasi bilan farq qiladi. Yuqori toifadagi kvartiralar qimmatroq turadi.

E’lonlardagi narxlar

Kvartira narxi sotish shartlariga qarab ham farq qilishi mumkin. Ba’zi sotuvchilar xaridor butun summani birdaniga to‘laydigan bo‘lsa, chegirma qilishga tayyor bo‘ladi. Boshqa hollarda kvartira muddatli to‘lov yoki boshqa shartlarda sotiladi, bu ham yakuniy narxga ta’sir qiladi. Shu bois bir tumandagi o‘xshash kvartiralar turli narxlarda bo‘lishi mumkin.

Narxlarni qayerdan oldik va qanday hisobladik?

Hisob-kitoblar uchun ikkita manbadan foydalanildi:

  • Birinchisi — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) ning 2025 yil uchun ko‘chmas mulk bozori sharhi. Unda ikkilamchi bozorda bir kvadrat metr uchun o‘rtacha narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan.
  • Ikkinchisi — kvartiralar sotuvi haqidagi e’lonlar. Biz OLX, Immo, Uysot va Realting saytlaridagi Toshkentdagi tumanlar bo‘yicha e’lonlarni to‘pladik va bitta jadvalga jamladik.

E’lonlarning to‘liq bazasi “E’lonlar” havolasida.

Tahlil uchun kvartiralar narxini kvadrat metr uchun narx asosida hisoblab, tumanlar bo‘yicha takliflarni solishtirdik. Narxlar 2026 yil fevral oyidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha dollarga aylantirildi — 1 dollar uchun 12 179 so‘m.

Jadvallarda minimum va maksimum emas, aksariyat e’lonlar joylashgan diapazon ko‘rsatilgan. Juda arzon va juda qimmat narxli takliflar kiritilmagan.

10 yil ichida narxlar qanday o‘zgargan?

So‘nggi o‘n yillikda Toshkentda turar joy narxi bir necha bosqichdan o‘tdi: pasayish, bir necha yil turg‘unlik va 2021–2023 yillarda keskin qimmatlashish. Oxirgi yillarda narx o‘sishi sekinlashdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonla ikkilamchi turar joy 7,9%ga qimmatladi, ammo Toshkentda o‘sish atigi 0,6%ni tashkil qildi. Yangi qurilishlar tez ko‘tarildi: shahar bo‘yicha o‘rtacha 9%, Mirobodda — 18%, Yashnobodda — 14%.

Yangi qurilishlar va ikkilamchi turar joy o‘rtasidagi farq muntazam oshib bormoqda. Talab yuqori bo‘lgan tumanlarda yangi qurilishdagi kvartira ikkilamchi bozordagi o‘xshash kvartiradan 1,5–2 barobar qimmat bo‘lishi mumkin.

Birlamchi va ikkilamchi bozor orasidagi farqlar

Birlamchi — bu quruvchi taklif etgan kvartira. Uy allaqachon bitgan yoki endi qurilayotgan bo‘lishi mumkin.

Ikkilamchi bozor — bu allaqachon kimdirning mulki bo‘lgan turar joy. Uyning yoshi muhim emas: agar kvartira quruvchidan xarid qilingandan so‘ng qayta sotilsa, sovetlar davridagi panel uy ham, yangi qurilgan uy ham ikkilamchi hisoblanadi.

Kvartiralar maydoni

Yangi qurilishlar va ikkilamchi bozordagi kvartiralar loyihalari sezilarli darajada farq qiladi. Sovet va possovet davridagi uylarda kvartiralar ixchamroq, yangi turar joy majmualarida esa maydon o‘rtacha 8–20 m²ga kattaroq.

Ikkilamchi bozor (taklifning asosiy qismi: sovet va possovet davrida qurilgan uylar):

  • 1-xonali: 30–38 m² (panel), 38–45 m² (g‘isht)
  • 2-xonali: 44–55 m² (panel), 55–65 m² (g‘isht)
  • 3-xonali: 65–75 m² (namunaviy), 75–90 m² (yaxshilangan)

Yangi qurilishlar:

  • 1-xonali: 38–45 m², yevro-format 45–55 m²
  • 2-xonali: 55–70 m²
  • 3-xonali: 80–95 m², v biznes-klasse 95–115 m²

Birlamchi va ikkilamchi bozordagi kvartiralar maydoni bilan farq qiladi. Shu sababli jadvallarda narxlar bir xil — 40, 60 i 80 m² o‘lchamlar uchun qayta hisoblangan.

Yangi qurilgan uyni sotib olishdan oldin tekshirish

Qurilayotgan uydan kvartira xarid qilishdan avval Qurilish vazirligining «Shaffof qurilish» (Shaffof qurilish) servisi orqali loyihani tekshiring. Saytda obekt ro‘yxatdan o‘tgan-o‘tmaganligi, qaysi bosqichdaligi, quruvchining kimligi va loyihada nechta ta uy borligini ko‘rish mumkin. Bu barcha xavflardan himoya kafolati emas, lekin ozgina vaqt sarflanadigan bazaviy tekshiruvdir.

«Shaffof qurilish (Shaffof qurilish) servisi

Ushbu servis orqali tekshirish obekt haqiqatan ro‘yxatdan o‘tgani va amalga oshirish bosqichida ekanligiga ishonch hosil qilishga yordam beradi.

Xulosa

  • 2026 yilda Toshkentdagi turar joylar narxlari barqaror qolmoqda, lekin tumanlar bo‘yicha katta farq qiladi.
  • Yangi qurilgan kvartiralar maydoni kattaligi va zamonaviy sifati sababli qimmatroq turadi.
  • Arzonligi va kirib yashashga tayyorligi bois ikkilamchi bozorga talab saqlanib qolmoqda.
  • Eng qimmat tumanlar — Mirobod, Shayxontohur, Yakkasaroy; eng arzonlari — Sergeli va Bektemir.
  • Ma’lum bir kvartira narxi joylashgan o‘rni, maydoni va uy toifasiga bog‘liq.
Асал Равшанова
Muallif Асал Равшанова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid