Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzum Market'da - Bozordan arzonroq
Foto: Uzum Market
Milliy marketpleys "Bozordan foydaliroq. Tekshirib ko‘rdik – bizda arzonroq" aksiyasi yo‘lga qo‘ydi. Uzum Market jamoasi marketpleys va poytaxtning eng yirik bozorlaridagi minglab eng ommabop tovarlar narxlarini tanlab oldi va taqqosladi. Narxlari qo‘shimcha ravishda tekshirilgan barcha tovarlar alohida to‘plamga kiritildi.
Uzum Market tadqiqotiga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning 64 foizi xarid qilishdan oldin turli savdo maydonlaridagi narxlarni taqqoslaydi, so‘rovnoma ishtirokchilarining ⅔ qismi esa Uzum Market'dagi narxlar bozorlardagiga qaraganda arzonroq ekaniga ishonadi. Agar ilgari foydalanuvchilar narxlarni o‘zlari tekshirib, taqqoslagan bo‘lsa, "Bozordan arzonroq" aksiyasi doirasida milliy marketpleys jamoasi bu vazifani o‘z zimmasiga oldi va bozorlardagiga qaraganda arzonroq narxlar keltirilgan takliflarni alohida to‘plamga yig‘ish uchun poytaxtning eng yirik bozorlarini aylanib chiqdi.
Taqqoslashda har bir xonadonda zarur bo‘lgan minglab mashhur tovarlar ishtirok etadi: oziq-ovqat, maishiy texnika va kimyo, kosmetika, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar. Assortiment muntazam ravishda yangilanadi, narxlar monitoringi esa doimiy ravishda olib boriladi — bu takliflarning aktualligini saqlash va ularni bayramlar, ta’tillar, mavsum o‘zgarishlari va boshqa omillarni hisobga olgan holda xaridorlar uchun haqiqatan ham foydali qilish imkonini beradi.
— Uzum Market'ning doimiy mijozlari biladiki, bizda doimo foydali takliflarni topish mumkin, bu nafaqat vaqtni, balki oilaviy budjetni ham tejaydi, — deydi Uzum Market vakili. — Biz nafaqat millionlab odamlarning fikriga, balki o‘zimizning muntazam monitoring natijalariga ham tayanamiz. Biz minglab mashhur tovarlarni tanlab ularning narxlarini tahlil qildik va barcha kerakli narsalarni topish hamda bir necha daqiqada tez yetkazib berish xizmati bilan buyurtma berish uchun bozorlardagiga qaraganda arzonroq narxlardagi takliflarni bitta to‘plamga jamladik. Shu bilan birga, marketpleysda boshqa tovarlarning keng assortimentini foydali narxlarda topish mumkin. Bu tovarlar mamlakatning barcha hududlari aholisi uchun — aholi punktining kattaligi va poytaxtdan qanchalik uzoqda joylashganidan qat’i nazar — mavjud.
Uzum Market butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlarga biznesni kengaytirishga, xaridorlarga esa qulay narxlarda keng turdagi tovarlardan foydalanishga yordam beradigan vositalarni rivojlantirishda davom etmoqda. Aksiya doirasidagi tovarlar to‘plami allaqachon Uzum Market platformasida mavjud.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:00 / 15.11.2025
Uzum Market bir qator tovarlar uchun komissiyani 1 foizgacha pasaytiradi
17:00 / 11.07.2025
“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmog‘i tez o‘sish davrini boshdan kechirmoqda
11:00 / 07.05.2025
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Uzum Market 69 000 dan ortiq o‘zbekistonlikni reabilitatsiya qilish vositalari bilan ta’minladi
10:09 / 19.03.2025