Iqtisodiyot | 17:56
883
2 daqiqa o‘qiladi

QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona tartibi hamda yagona QR-kod tizimi ishtirokchilarining vazifalari belgilandi.

Foto: Getty Images

Adliya vazirligi yagona QR-kod bo‘yicha idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan, ushbu farmon bilan barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun bosqichma-bosqich yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tizimi joriy etilishi belgilangan.

Hujjatda QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona tartibi hamda yagona QR-kod tizimi ishtirokchilarining vazifalari belgilandi.

Yagona QR-kod – foydalanuvchilarga istalgan bank yoki to‘lov tashkilotining mobil ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Mazkur qoidalar quyidagilarni nazarda tutadi:

- QR-kodlar statik va dinamik turlarga ajratiladi;

- barcha to‘lov tizimlarining yagona QR-kod tizimi orqali o‘zaro integratsiyasi ta’minlanadi;

- QR-kod tizimi operatori tomonidan to‘lovlar haqidagi ma’lumot va hisob-kitoblar avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi va real vaqt rejimida QR-kod tizimi ishtirokchilariga yetkaziladi;

- QR-kod tizimi doirasida mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati va murojaatlarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Qoidalarga ko‘ra, har bir foydalanuvchiga mobil ilovalar orqali QR-kodni skanerlash, to‘lov summasini tasdiqlash va har bir operatsiya bo‘yicha onlayn ma’lumotnoma olish va tranzaksiyalar tarixi bilan tanishish imkoniyati taqdim etiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid