Prezident Şavkat Mirziyoyev mamlakat oliy ta’lim muassasalari bitiruvçilarining bandligini ta’minlaş masalalariga bağişlangan taqdimot bilan tanişdi.
Ma’lum qilinişiça, 2026 yilda respublika oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitirişi kutilmoqda. Oliy ta’lim qamrovining kengayişi natijasida mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoş mutaxassislar soni ham ortib bormoqda. Şu munosabat bilan ularning bandligini ta’minlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlaş masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Taqdimotda 2026/2027 öquv yilidan boşlab barça oliy ta’lim muassasalarida «Tadbirkorlik asoslari» fanini öqitişni yölga qöyiş taklifi bildirildi. Uşbu fan doirasida talabalar biznes yuritiş asoslari, loyihalarni amalga oşiriş, moliyaviy rejalaştiriş va tadbirkorlik sohasidagi davlat qöllab-quvvatlaş mexanizmlari haqida bilim oladi.
Şuningdek, oliygohlarda talabalarning startap loyihalarini qöllab-quvvatlaş, spin-off korxonalar taşkil etiş, kafedralarni işlab çiqariş korxonalari bilan yaqin hamkorlikka jalb qiliş va bitiruv malakaviy işlarini iş beruvçi taşkilotlar iştirokida himoya qiliş amaliyotini kengaytiriş rejalaştirilmoqda.

Bundan taşqari, iş beruvçilar buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlaşga qaratilgan maqsadli dual ta’lim şaklini joriy etiş taşabbusi ham ilgari surildi. Unga köra, iş beruvçi va oliygoh örtasidagi kelişuv asosida talabalar öqişga qabul qilinib, bitirgandan keyin iş bilan ta’minlanişi kafolatlanadi.
Davlat rahbari mutasaddilarga bitiruvçilar bandligini ta’minlaş böyiça yangi mexanizmlarni puxta işlab çiqiş, yoşlarni tadbirkorlikka keng jalb qiliş va qöşimça iş örinlari yaratiş yuzasidan tegişli topşiriqlar berdi.












