Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zmetkombinat»ning sobiq rahbari xalqaro qidiruvga berildi
2024 yil oktyabrdan 2025 yil avgustgacha «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJga rahbarlik qilgan Dilshod Ahmedov Interpol tomonidan qidiruvga berildi. U o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatida ayblanmoqda.
Foto: O‘zmetkombinat
Dilshod Tursunqulovich Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Interpol saytida e’lon berildi.
Qayd etilishicha, 1972 yilda tug‘ilgan Dilshod Ahmedov Jinoyat kodeksining 167-moddasi bo‘yicha, ya’ni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatida gumonlanmoqda.

Hozircha O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan Dilshod Ahmedovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi va zarar miqdori bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmadi.
Dilshod Ahmedov 2021 yil yanvaridan «O‘zmetkombinat» raisining birinchi o‘rinbosari sifatida, 2024 yil yanvardan esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
U 2024 yil oktyabr oyida «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJga rahbar bo‘lgandi. 2025 yil avgust oyida bu lavozimdan olinib, uning o‘rniga Bahodir Abdullayev tayinlangandi.
Mavzuga oid
15:02 / 15.03.2026
O‘zbekistondagi eng yirik metallurgiya zavodi Ramazon aksiyasini e’lon qildi
07:53 / 14.08.2025
«O‘zmetkombinat»ga yangi rahbar tayinlandi
19:00 / 10.06.2025
“O‘zmetkombinat” CDP xalqaro baholash tizimida ikki pog‘ona yuqorilab, “B” darajasiga erishdi
22:21 / 17.10.2024