Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya neftiga oid yengilliklarni 16 maygacha uzaytirdi
Vashington Rossiya nefti va neft mahsulotlarini, agar ular allaqachon tankerlarga yuklangan bo‘lsa, sotishga nisbatan sanksiyalarni yana bir bor - bu safar 16 maygacha bekor qildi. Bundan avval AQSh moliya vaziri bu yengilliklar uzaytirilmasligini aytgan edi.
Foto: AFP
AQSh Rossiya nefti va neft mahsulotlarini, agar ular allaqachon tankerlarga yuklangan bo‘lsa, sotishga doir litsenziya muddatini 16 maygacha uzaytirdi. Bu haqda 18 aprel, shanba kuni Reuters agentligi xabar qildi. Bundan avval AQSh Moliya vazirligi rahbari Skott Bessent Vashington mazkur istisnolarni uzaytirmasligini bildirgan edi.
Rossiya neftini eksport qilish bo‘yicha AQSh tomonidan joriy etilgan avvalgi yengilliklar 13 mart kuni energiya tashuvchilar narxi o‘sishi sharoitida kiritilgan edi. Bu o‘sish Erondagi urush oqibatida yuzaga kelgan bo‘lib, mazkur yengilliklar 30 kun — 11 aprelgacha amal qilgan. O‘shanda Bessent bu chorani “tor doiraga qaratilgan va qisqa muddatli” tadbir deb atab, u Moskva neft daromadlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlagan edi.
Ayni paytda The New York Times gazetasi 13 aprel kuni xabar berishicha, AQSh sanksiyalarni yumshatganidan so‘ng Rossiya neft savdosidan har kuni qo‘shimcha 100 million dollardan ortiq daromad ola boshlagan. Xalqaro energetika agentligi (XEA) ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush tufayli mart oyida Rossiyaning neft savdosidan tushgan daromadi fevralga nisbatan deyarli ikki barobarga oshib, 19 milliard dollarga yetgan.
Shu bilan birga, The New York Times qayd etishicha, AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishi jahon neft narxlariga katta ta’sir ko‘rsatmagan. Donald Tramp ma’muriyati aynan shu yo‘l bilan neft narxlari o‘sishini muvozanatlashtirishni istagan edi. Gazetaga ko‘ra, buning sababi — Rossiya neftining sezilarli qismi xalqaro cheklovlarni chetlab o‘tib, “soya floti” tankerlarida tashilayotganidir.
Mavzuga oid
22:12 / 17.04.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilganiga qaramay, Eron portlari blokadasi saqlanib qolishini aytdi
19:30 / 17.04.2026
AQShning Ho‘rmuz blokadasi ish beradimi? Trampning maqsadi nima?
17:37 / 17.04.2026
KUBA – katta o‘yin ichidagi kichik davlat | MAYDON
11:27 / 17.04.2026