Jahon | 22:23 / 19.04.2026
2568
1 daqiqa o‘qiladi

Rostovda sirk tomoshasi paytida yo‘lbars tomoshabinlar orasiga kirib oldi

Hodisa artistlar va tomoshabinlarni ajratib turuvchi to‘siq qulab tushganidan keyin sodir bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr

Rostov-Donda Dovgalyuklar sulolasi sirki tomosha ko‘rsatayotgan vaqtda yo‘lbars manejdan tomoshabinlar o‘tirgan hududga sakrab o‘tdi.

Hodisa artistlar va tomoshabinlarni ajratib turuvchi to‘siq qulab tushganidan keyin sodir bo‘lgan.

Tomosha vaqtida manejda uchta yo‘lbars va ikki nafar sirkchi bo‘lib, to‘siq kutilmaganda qulab tushishidan cho‘chib ketgan yo‘lbarslardan biri tomoshabinlar tomon sakrab o‘tgan.

Rostov IIVning ma’lum qilishicha, voqea natijasida hech kim jabrlanmagan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid