Qozoğistonda tabiatni muhofaza qiluvçilar 1940-yillar oxirida mintaqada butunlay yöqolib ketgan yölbarslar populyatsiyasini qayta tiklaşni rejalaştirmoqda. Ular köp yillar davom etgan ovçilik, ular yaşaydigan muhitning vayron qilinişi va ölja hayvonlar sonining kamayişi oqibatida yöqolgan. Endi esa mamlakat yölbarslarni ularning tarixiy yerlariga qaytarmoqçi.
Hozir Qozoğiston asirlikda ikki yölbarsni saqlamoqda, ulardan biri urğoçi. Ular tabiat qöyniga çiqarilmaydi, ammo tadqiqotçilar ularning bolalari kelajakda Qozoğistondagi yölbarslar populyatsiyasining bir qismiga aylanişi mumkin, deb umid qilmoqda. Bundan taşqari, birinçi yovvoyi yölbarslar Rossiyadan 2026 yilning birinçi yarmida olib kelinadi. Biroq populyatsiyani muvaffaqiyatli tiklaş uçun faqat yölbarslarni olib kelişning özi yetarli emas. Bu hayvonlarga yaşaş uçun keng hududlar kerak. Ana şuning uçun ham Qozoğiston daraxt ekiş bilan şuğullanyapti.
2025 yilda Qozoğiston ekologik taşkilotlar kömagida Balxaş köli yonida, Janubiy Balxaş viloyatida 37 ming köçat va qalamça ektirdi. Aynan şu hududda ilgari yölbarslar yaşagan.
Daraxt ekiş — Qozoğistonning keng kölamli kökalamzorlaştiriş taşabbusining muhim qismi. 2021 yildan beri mamlakatda taxminan 1,4 milliard daraxt ekilgan. Rasmiylar aytişiça, 2027 yilgaça mamlakatda jami ikki milliard daraxt ekiş maqsad qilingan.
Janubiy Balxaşda ekilgan daraxtlar ekotizimni tiklaş uçun poydevor bölişi kerak. Daraxtlar yölbarslarga panoh va suv manbalaridan foydalaniş imkonini beradi. Şuningdek, ösimliklar yovvoyi muşuklar ovlaydigan hayvonlar uçun ozuqa böladi. Ekologik taşkilotlar vakillari ta’kidlaşiça, yovvoyi hayvonlar allaqaçon tiklangan uçastkalarda ozuqa izlaşni boşlagan. Bu ekotizim işlay boşlayotganining belgisi, deb hisoblanadi.
Qozoğistonda bölgan yölbarslar hozirda yöqolib ketgan Örta Osiyo populyatsiyasining bir qismi bölgan, u Kaspiy yölbarslari deb ham ataladi. Biroq tadqiqotlar şuni körsatadiki, Kaspiy yölbarslari ehtimol Amur yölbarslari bilan bir xil populyatsiyaga mansub bölgan. Amur yölbarslari Rossiyaning Uzoq Şarqi va Xitoyda uçraydi.
Yirik yirtqiçlarni tabiatga qayta kiritiş (reintroduksiya) xavfli jarayon. Yirtqiçlar odamlar va çorvaga zarar yetkazişi mumkin. Ammo hayvonlarni himoya qiluvçi taşkilotlar vakillari ehtimoliy hodisalarga tayyor ekanini bildirdi. Mutaxassislar yirtqiçlar bilan odamlar örtasidagi özaro aloqalarni kuzatib boradigan maxsus guruh tuzilişini va’da qildi.













