O‘zbekiston | 12:02
997
2 daqiqa o‘qiladi

Sovuq qurolga oid qoidabuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi

Yangi qonunga ko‘ra, jamoat joylarida sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni noqonuniy ravishda olib yurish uchun javobgarlik kuchaytirilib, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga qurol saqlash huquqi cheklanadi.

Foto: iStock

O‘RQ–1133-sonli qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda “Qurol to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga muvofiq, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni jamoat joylarida ochiq holda olib yurish, agar bu huquqbuzarlik uchun avval ma’muriy jazo qo‘llanilgan bo‘lsa va u bir yil ichida takroran sodir etilsa, BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarimaga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan himoya orderi amal qilgan davrda ularning fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish huquqi cheklanadi. Bunday hollarda qurol va uning o‘q-dorilarini olib qo‘yish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid