Sport | 17:43 / 25.04.2026
17424
4 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi

O‘zbekiston Superligasida 9-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Peshqadamlar g‘alabali qadamini davom ettirdi va ta’qibchilardan ilgarilab ketdi. «Nasaf» va «Bunyodkor» kutilmaganda o‘z maydonida yutqazdi. Qatorasiga 9 ta o‘yinni yutqazgan klub bosh murabbiy bilan xayrlashdi.

Foto: Paxtakor FK

22-24 aprel kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida 9-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

BUXORO 0:1 PAXTAKOR

Gol: Bashar Resan, 15 (0:1)

Chetlatish: Shahboz Jo‘rabekov, 90+5 (Buxoro)

Peshqadam «Paxtakor» safarda bu mavsumni yaxshi boshlagan «Buxoro» bilan to‘qnash keldi. Iroqlik legioner Bashar Resan tomonidan urilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi. Toshkentliklar chempionatdagi peshqadamlikni davom ettirmoqda.

XORAZM 0:2 NeFTChI

Gollar: Stipe Peritsa, 14 (0:1), Abrorbek Ismoilov, 64 (0:2)

Chetlatish: Izzatillo Po‘latov, 87 (Neftchi)

«Neftchi» safarda har taymda urilgan gollar evaziga «Xorazm»ni ishonchli tarzda yengdi. Farg‘onaliklar «Paxtakor» bilan bir xil ochko jamg‘argan, ammo faqat o‘zaro o‘yin natijasiga ko‘ra ortda bormoqda. Urganchdagi bu o‘yin turda eng ko‘p tomoshabin yig‘di – 11270.

NAVBAHOR 1:1 SO‘G‘DIYoNA

Gollar: Lyupcho Doriyev, 71 (0:1), Islombek Mamatkazin, 90+4 (1:1)

«Navbahor» so‘nggi daqiqada urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Namangan klubi hamon uchinchi o‘rinda bormoqda, ammo peshqadamlardan biroz orqada qola boshladi. Endi 2-o‘rin bilan 3-o‘rin orasidagi farq 5 ochkoga yetdi. «So‘g‘diyona» 15-o‘rinni egallab turibdi. Toshkentda o‘tkazilgan bu o‘yin turda eng kam – 1136 muxlis to‘pladi.

NASAF 2:3 LOKOMOTIV

Gollar: Sharof Muhitdinov, 23 (1:0), Sardor Mirzayev, 43 (1:1), Temurxo‘ja Abduxoliqov, 63 (1:2), Oybek Rustamov, 73 avtogol (1:3), Yusuf Otubanjo, 88 (2:3)

«Nasaf» kutilmaganda «Lokomotiv»ga yutqazdi. Qarshi klubi qatorasiga 4 o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmayapti va 7-o‘ringa tushib qoldi. «Lokomotiv» bu g‘alabadan keyin «Nasaf»dan o‘zib, 6-o‘ringa ko‘tarildi.

SURXON 2:1 MASh’AL

Gollar: Samandar Ochilov, 60 pen (0:1), Stefen Chinedu, 84 (1:1), Kamron Yusupov, 90+2 (2:1)

«Mash’al» chempionatdagi ilk ochkosini olishga juda yaqin edi. Ammo «Surxon» kuchli iroda namoyish etib, oxirgi daqiqalarda urilgan gollar evaziga g‘alabani ilib ketdi. «Mash’al» qatorasiga 9 ta mag‘lubiyatdan keyin bosh murabbiy Igor Surovni iste’foga chiqardi.

DINAMO 2:2 OKMK

Gollar: Abror Karimov, 1 avtogol (1:0), Jaloliddin Jumaboyev, 31 (2:0), Aziz Xolmurodov, 52 (2:1), Urosh Koyich, 88 (2:2)

Chetlatish: Salim Mustafoyev, 21 (Dinamo)

Bosh murabbiylar Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov qarama-qarshiligi sermahsul durang bilan yakunlandi. OKMK so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Olmaliqliklar qatorasiga 4 o‘yindan beri yutqazmayapti. «Dinamo»da vaziyat murakkabroq – jamoa 14-o‘rinni egallab turibdi.

BUNYoDKOR 1:3 ANDIJON

Gollar: Imeda Ashortia, 6 (0:1), Usmonali Ismonaliyev, 71 (0:2), Azizbek Turg‘unboyev, 73 (0:3), Narimon Ahmadjonov, 90+3 (1:3)

Noaniq penalti: Bilolxon Toshmirzayev, 32 (Bunyodkor)

Turning kutilmagan natijasi Toshkentda qayd etildi. 4-o‘rinda borayotgan «Bunyodkor» o‘z maydonida «Andijon»ga yutqazdi. Vodiyliklar bu g‘alabadan keyin jadvaldagi o‘rnini biroz yaxshilab, 12-o‘ringa ko‘tarildi.

QIZILQUM 2:1 QO‘QON-1912

Gollar: Toma Tabatadze, 10 (0:1), Akmaljon Muzaffarov, 21 (1:1), Akmaljon Muzaffarov, 32 (2:1)

«Qizilqum» o‘z maydonida Akmaljon Muzaffarovning ikkita goli evaziga «Qo‘qon-1912» klubini mag‘lub etdi. Mehmonlar qatorasiga 5 o‘yindan beri g‘alaba qozonolmayapti.

9 turdan keyin Superliga jadvali

10-tur o‘yinlari

  • 24 aprel
  • MASh’AL – BUXORO
  • OKMK – LOKOMOTIV

28 aprel

  • ANDIJON – DINAMO
  • SO‘G‘DIYoNA – SURXON
  • PAXTAKOR – NASAF

29 aprel

  • QIZILQUM – XORAZM
  • NeFTChI – QO‘QON-1912
  • BUNYoDKOR – NAVBAHOR
Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid