O‘zbekiston | 18:24
635
2 daqiqa o‘qiladi

Uy hayvonlarini umumiy foydalanishdagi zinapoya va balkonda saqlash taqiqlandi

Adliya vazirligi «Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari»ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Foto: Freepik

Qoidalarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarda quyidagilar taqiqlandi:

- yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi uskunalarni balkon va lodjiyaga o‘rnatish;

- balkonda og‘ir buyumlarni saqlash;

- balkon va lodjiyaning fasad (tashqi) qismida kir, kiyim-kechak, gilam va boshqalarni osib qo‘yish (ichki qismi bundan mustasno);

- uy hayvonlarini umumiy foydalanishdagi joylarda, zinapoyada, cherdakda, yerto‘lada, shuningdek umumiy foydalanishdagi oshxonada, balkonda va lodjiyada saqlash;

- kirish yo‘laklarining zinapoya maydonida va zinapoyaning ostida yonuvchi materiallarni saqlash;

- umumiy issiqlik parametrlariga ta’sir ko‘rsatuvchi qayta rejalashtirish (rekonstruksiya) ishlarini amalga oshirish, qo‘shimcha isitish yuzalariga (isitilmaydigan yuzalar) issiqlik uskunalarini o‘rnatish, shuningdek, umumiy mulk tarkibiga kiruvchi issiqlik tizimlariga o‘zgartirish kiritish.

Shuningdek, avtotransport vositalarini ko‘p kvartirali uylar va unga tutash yer uchastkalaridagi gazonlar usti, xiyobon, bolalar maydonchalari, trotuarga, kirish yo‘laklari qarshisiga qo‘yish taqiqlanadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid