Qoidalarga köra, köp kvartirali uylar uçun boşqariş organlari tomonidan umumiy texnik pasport yuritiladi.

Boşqariş organlari yuk kötaruvçi konstruksiyalar, kuzatuv kameralari va domofonlar soz holatda saqlanişi, xomaşyo, materiallar, yoqilği, inventar va xöjalik anjomlarini sotib oliş işlarini amalga oşiradi.

Köp kvartirali uyning fasad qismlarida va umumiy foydalaniş hududlarida mulkdorlar umumiy yiğilişining qarori bilan me’morçilik detallari, reklamalar, afişalar, va e’lonlarni örnatiş mumkin.

Uylarda şovqin darajasi belgilangan sanitariya me’yorlaridan oşmasligi şart.

Uylar (zinapoyalar, liftlar, çiqindi kamerasi, çiqindilarni töplaş moslamalari yertölalari va boşqalar), tutaş hududlar zaruratga köra, boşqariş organi tomonidan deratizatsiyalanadi, dezinseksiya va dezinfeksiyalanadi.

Uylarning yertöla qismidagi quvurlarda avariya holati yuzaga kelişi oqibatida suv yoki oqova suv töplanib qolsa boşqariş organi 24 soat mobaynida yertöladagi suv va oqova massalarini çiqarib yuborişi lozim.

Haftada 1 marta köp kvartirali uylarning lift xonalarini tozalanadi hamda lift uskunalari doimiy texnik monitoring qilinadi.