Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
DXX xabariga ko‘ra, Chirchiq shahrida ishlovchi profilaktika inspektori zo‘ravondan 2700 dollar olib, shundan 1300 dollarini jabrlanuvchiga bergan, bu bilan ishni bosdi-bosdi qilishga uringan.
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
Chirchiq shahar IIB profilaktika inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, fuqaro I.Saidov (1990 y.t.) jinoiy guruhga yetakchilik qilib kelgan va guruh 1994 yilda tug‘ilgan fuqaroga tan jarohati yetkazgan. Profilaktika inspektori esa holatni bosdi-bosdi qilish uchun Saidovdan 2700 dollar olib, shundan 1000 dollarini jabrlanuvchiga bergan.
Inspektor jabrlanuvchiga yana 300 dollar bergan vaqtida, tezkor tadbirda ushlangan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Shuningdek, profilaktika inspektorining mazkur noqonuniy harakatiga aloqador bo‘lgan hamkasbini ham jinoyat ishiga jalb qilish choralari ko‘rilmoqda”, – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:05 / 07.05.2026
Xitoyning sobiq mudofaa vazirlari o‘lim jazosiga hukm qilindi
13:35 / 07.05.2026
Andijonda Davaktiv va HET xodimi pora olishda gumonlanib ushlandi
08:21 / 07.05.2026
Fransiyaning 71 yoshli sobiq prezidenti qamoqdan ozod etildi
08:58 / 03.05.2026