Ta’lim | 19:00
3145
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik o‘quvchi qiz ingliz tili musobaqasida yevropaliklarni ortda qoldirdi

Fransiyaning Nitsa shahrida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada O‘zbekiston nomidan Al-Jabr xalqaro maktabi o‘quvchilari ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi. 37 nafar o‘quvchidan 33 nafari sovrindor bo‘ldi. Musobaqa doirasida o‘quvchilar nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazdi, balki Yevropa bo‘ylab ilm sayohatida ham qatnashdi.

Fransiyaning Nitsa shahrida matematika, ingliz tili va mental arifmetika yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Unda qariyb 20 ga yaqin davlatdan 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston nomidan Al-Jabr xalqaro maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi. Musobaqaga tayyorgarlik jarayoni safar davomida ham to‘xtam adi — o‘quvchilar uzoq parvoz vaqtida ham mashg‘ulotlarni davom ettirdi.

Musobaqa mental arifmetika yo‘nalishidan boshlandi. Keyinchalik matematika va ingliz tili bo‘yicha bellashuvlar davom etdi. Uzoq yo‘l va yangi muhitga qaramay, o‘zbekistonlik o‘quvchilar yuqori natijalarni qayd etdi.

Yakunda 37 nafar o‘quvchidan 33 nafari sovrindorlar qatoridan joy oldi. Jumladan:

 * 14 nafar o‘quvchi uchinchi o‘rin,

 * 8 nafar o‘quvchi ikkinchi o‘rin,

 * 7 nafar o‘quvchi birinchi o‘rin,

 * 3 nafar o‘quvchi oliy o‘rin,

 * 1 nafar o‘quvchi esa “superchempion” unvonini qo‘lga kiritdi.

Al-Jabr xalqaro maktabi rahbari Matluba Karaxodjayeva natijalarni yuqori baholab, o‘zbekistonlik o‘quvchilarning bilim darajasi va intizomi xalqaro miqyosda e’tirof etilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu olimpiadada O‘zbekiston eng uzoq masofadan kelgan davlat sifatida alohida e’tibor qozongan.

Olimpiadadan so‘ng o‘quvchilar Yevropa bo‘ylab ilmiy-ma’rifiy sayohatda ham ishtirok etdi. Sayohat Fransiyadan boshlanib, Monako, Parij, Shveytsariya, Germaniya, Avstriya va Vengriyani qamrab oldi.

Mazkur safar davomida o‘quvchilar turli mamlakatlarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy muhitini yaqindan kuzatdi. Xususan, Shveytsariyada moliya tizimi, Germaniyada sanoat intizomi, Fransiyada tarixiy va madaniy meros bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Mutaxassislar fikricha, bunday xalqaro olimpiadalar yoshlar uchun nafaqat bilim sinovi, balki muhim tajriba maydoni hisoblanadi. Ular o‘quvchilarda mas’uliyat, tezkor qaror qabul qilish va global raqobat muhitiga moslashish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Safar yakunida o‘quvchilar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar yana bir bor taqdirlandi.

Telefon: +99855 500 8485

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: forms.amocrm.ru/rwrcmtd

Instagram: instagram.com/al_jabruz/

Telegram: t.me/aljabrmaktabi

Reklama huquqi asosida

 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid