Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda Kadastr bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
U 2 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridan biridagi Kadastr bo‘limi boshlig‘iga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining (DXX) xabar qilishicha, u o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqarodan 2 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur mansabdor shaxs fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 132 kvadrat metr yer maydonida qurilgan, lekin fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning 2024 yildagi hal qiluv qaroriga asosan majburan buzilishi belgilangan binoga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish va uning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Hozir kadastr rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 25.06.2026
Elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora olayotganda ushlandi
18:32 / 23.06.2026
Katta poraxo‘rlar muddatining oxirigacha “o‘tiradi”
09:20 / 20.06.2026
Tezkor tadbirlarda ikki bank xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
08:34 / 19.06.2026