Jahon | 22:40 / 05.05.2026
3144
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidenti Eronga kurashni davom ettirishdan voz kechishni maslahat berdi

Oq uy rahbari fikriga ko‘ra, Eron oq bayroq osib qo‘yishi kerak.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron o‘z mag‘lubiyatini tan olishi kerakligini aytdi.

«Biz eskicha o‘ynayapmiz. Eron oq bayroq osib qo‘yishi kerak. Ular juda mag‘rur odamlar va siz bu bayroqni ko‘rmasligingiz mumkin, lekin ular haqiqatda taslim bo‘lish uchun oq bayroq osib qo‘yishlari kerak», dedi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh sobiq prezidenti Barak Obama ma’muriyati davrida Oq uy Eronga bo‘ysunishni afzal ko‘rgan va unga o‘nlab milliard dollar bergan. Biroq, Trampning ta’kidlashicha, endi AQSh boshqacha harakat qilmoqda.

Trampning tushuntirishicha, bu vazifada uning prezidentlik faoliyati tufayli kuchaygan AQSh Qurolli Kuchlari yordam bermoqda. Shu bilan birga, Tramp o‘zining ikkinchi prezidentlik muddati davomida AQSh Qurolli Kuchlaridan bunchalik faol foydalanish haqida o‘ylamaganini tan oldi va Eron bilan bog‘liq nishonlarga berilgan zarbalar uni quvontirmasligiga ishontirdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid