O‘zbekiston | 10:00
616
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“O‘zbekinvest” EISK AJ hududiy filiallari rahbarlari Xitoyda malaka oshirdi

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasida hududiy filiallar rahbarlarining kasbiy salohiyati va xalqaro tajribasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda so‘nggi sakkiz yil mobaynida ularning Rossiya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, AQSh, Yaponiya va Germaniya davlatlarida o‘tkazilgan malaka oshirish kurslari, o‘quv seminarlari hamda tajriba almashish dasturlarida ishtiroki ta’minlandi.

Foto: “O‘zbekinvest”

Navbatdagi safar doirasida hududiy filiallar rahbarlari joriy yilning 6–16 may kunlari China International Economic Consultans Co., Ltd kompaniyasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Shanxay va Xanchjou shaharlarida tashkil etilgan maxsus o‘quv dasturida ishtirok etdi.

Tashrif davomida Xitoyning Sug‘urta uyushmasi 10 dan ortiq yetakchi sug‘urta qayta sug‘urta va brokerlik kompaniyalari, hamda, iqtisodiyot va moliya yo‘nalishidagi 5 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasida o‘quv seminarlarida ishtirok etildi.

Xitoylik mutaxassislar tomonidan mamlakat sug‘urta bozorining shakllanish va rivojlanish tarixi, bugungi kundagi tendensiyalar, raqamlashtirish jarayonlari, qayta sug‘urta mexanizmlari, innovatsion sug‘urta mahsulotlari hamda sohaning istiqbollari haqida batafsil ma’lumot va taqdimotlar berildi. Shuningdek, universitetlarning professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar doirasida sug‘urta sohasi uchun kadrlar tayyorlash, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va Big Data yechimlarini joriy etish masalalari bo‘yicha tajriba almashildi.

O‘z navbatida, “O‘zbekinvest” kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda sug‘urta bozori jadal rivojlanayotgan sharoitda yuzaga kelayotgan yangi chaqiriq va vazifalarni hal etish, raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishda Xitoy tajribasini qo‘llash yuzasidan fikr almashishdi.

O‘quv dasturi yakunida barcha ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Koll-markaz:  (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Дилшод Абдумаликов
Tayyorlagan Дилшод Абдумаликов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid