Navbatdagi safar doirasida hududiy filiallar rahbarlari joriy yilning 6–16 may kunlari China International Economic Consultans Co., Ltd kompaniyasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Şanxay va Xançjou şaharlarida taşkil etilgan maxsus öquv dasturida iştirok etdi.
Taşrif davomida Xitoyning Suğurta uyuşmasi 10 dan ortiq yetakçi suğurta qayta suğurta va brokerlik kompaniyalari, hamda, iqtisodiyot va moliya yönalişidagi 5 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasida öquv seminarlarida iştirok etildi.

Xitoylik mutaxassislar tomonidan mamlakat suğurta bozorining şakllaniş va rivojlaniş tarixi, bugungi kundagi tendensiyalar, raqamlaştiriş jarayonlari, qayta suğurta mexanizmlari, innovatsion suğurta mahsulotlari hamda sohaning istiqbollari haqida batafsil ma’lumot va taqdimotlar berildi. Şuningdek, universitetlarning professor-öqituvçilar tarkibi bilan ötkazilgan uçraşuvlar doirasida suğurta sohasi uçun kadrlar tayyorlaş, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va Big Data yeçimlarini joriy etiş masalalari böyiça tajriba almaşildi.

Öz navbatida, “Özbekinvest” kompaniyasi vakillari Özbekistonda suğurta bozori jadal rivojlanayotgan şaroitda yuzaga kelayotgan yangi çaqiriq va vazifalarni hal etiş, raqamli texnologiyalarni keng joriy qiliş, mijozlarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirişda Xitoy tajribasini qöllaş yuzasidan fikr almaşişdi.
Öquv dasturi yakunida barça iştirokçilarga taşkilotçilar tomonidan sertifikatlar topşirildi.
Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama huquqi asosida












