Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
Hodisa 22 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:29 da, Shansi viloyatida ro‘y bergan. Portlash paytida konda 247 nafar ishchi bo‘lgan. Kamida 90 kishi halok bo‘lgan, yuzdan ortiq odam shifoxonaga yotqizilgan.
Foto: China News Service
Xitoyning Shansi viloyatidagi ko‘mir konida ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, BBC xabar bermoqda.
Hodisa Tongzhou Group'ga qarashli Liushenyu ko‘mir konida, 22 may kuni kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:29 da sodir bo‘lgan. Portlash vaqtida konda 247 nafar ishchi bo‘lgan.
Fojiadan keyin yuzlab qutqaruvchilar voqea joyiga yuborildi. Davlat telekanallari tarqatgan kadrlarda shifokorlar jarohatlanganlarni olib chiqayotgani, hodisa joyida tez yordam mashinalari turganini ko‘rish mumkin. Yuzdan ortiq kishi shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.
Xitoy raisi Si Jinping tirik qolganlarni izlash va jabrlanganlarni qutqarish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar qilishni buyurgan. U hodisa sabablarini chuqur o‘rganish va aybdorlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha ham ko‘rsatma bergan.
Mahalliy matbuotga ko‘ra, kon rahbariyati va mas’ullar qo‘lga olingan. Portlashning aniq sababi hozircha ma’lum emas. Biroq dastlabki ma’lumotlarda kon ichidagi is gazi miqdori me’yordan oshib ketgani aytilgan.
2000-yillar boshida Xitoy ko‘mir sanoatida yirik halokatlar tez-tez sodir bo‘lib turardi. Keyingi yillarda xavfsizlik qoidalari kuchaytirilgan, shunga qaramay, bunday fojialar hali ham uchrab turibdi. 2023 yilda Ichki Mo‘g‘uliston avtonom hududidagi ochiq ko‘mir konida ro‘y bergan o‘pirilish 53 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan edi. 2009 yilda esa Heilongjiang viloyatidagi konda portlash sodir bo‘lib, yuzdan ortiq odam halok bo‘lgan.
Xitoy – dunyodagi eng yirik ko‘mir iste’molchisi va atmosferaga issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlat hisoblanadi. Shu bilan birga, mamlakat qayta tiklanuvchi energiya manbalariga ham katta sarmoya kiritmoqda.
Mavzuga oid
10:31 / 22.05.2026
Xitoy O‘zbekistondan 10 turdagi quritilgan sabzavotlarni olib kirishga ruxsat berdi
21:56 / 20.05.2026
Putin Xitoyga tashrifini yakunladi: asosiy ma’lumotlar
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
20:36 / 20.05.2026