Jamiyat | 22:48 / 25.05.2026
2348
1 daqiqa o‘qiladi

Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi chorshanba - 27 may tongida yurtimizdagi jome masjidlarda o‘qiladigan Qurbon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi chorshanba — 27 may tongida yurtimizdagi jome masjidlarda o‘qiladigan Qurbon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, hududlarda Qurbon hayiti namozi quyidagi vaqtlarda ado etiladi:

  • Andijon 05:05

  • Namangan 05:05

  • Farg‘ona 05:05

  • Toshkent shahri 05:10

  • Toshkent viloyati. 05:10

  • Sirdaryo 05:20

  • Jizzax 05:20

  • Samarqand 05:30

  • Surxondaryo 05:30

  • Qashqadaryo 05:35

  • Navoiy 05:35

  • Buxoro 05:35

  • Xorazm 05:50

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi 05:55

Yuqorida ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.

Фаррух Абсаттаров
Tayyorlagan Фаррух Абсаттаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid