Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha shoshilmayapti
Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha ehtimoliy muzokaralar uchun hozircha maxsus vakil tayinlamaslikka qaror qildi. Bryussel avval Rossiya bilan nimalar muhokama qilinishi aniq belgilab olinishi kerakligini bildirmoqda.
Foto: RIA Novosti
Dpa agentligi xabar berishicha, Yevropa Ittifoqining yuqori martabali amaldorlari hozirgi bosqichda muzokarachi tayinlashni maqsadga muvofiq emas deb hisoblamoqda. Bu pozitsiyani YeI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas hamda Germaniya boshchiligidagi yetakchi Yevropa davlatlari qo‘llab-quvvatlagan.
“Avvalo Rossiya bilan aynan qaysi masalalar muhokama qilinishi bo‘yicha kelishib olishimiz kerak”, — degan agentlik suhbatdoshlaridan biri.
Bryusselda Vladimir Putinni muzokaralar stoliga olib kelishda sanksiyalar bosimi muhim vosita bo‘ladi, degan fikr ustun. Shu munosabat bilan 28 may kuni Yevropa komissiyasi va Yevropa tashqi aloqalar xizmati Rossiyaga qarshi 21-paket sanksiyalar loyihasini yopiq maslahatlashuvlarda taqdim etishi kutilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yangi sanksiyalar Rossiya moliya sektori va mudofaa sanoatiga mahsulot yetkazib beruvchilarni qamrab olishi mumkin.
So‘nggi vaqtlarda Yevropa Ittifoqida Rossiya bilan ehtimoliy muzokaralar uchun maxsus vakil tayinlash masalasi faol muhokama qilingan. Ehtimoliy nomzodlar qatorida Yevropa Markaziy bankining sobiq rahbari Mario Dragi, Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel hamda Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb nomi tilga olingan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa muzokarachi sifatida Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shryoderni ko‘rishni istashini bildirgan. Biroq Germaniya hukumati va Yevropa Ittifoqi vakillari Putinga yaqin siyosatchi sifatida tanilgan 82 yoshli Shryoder nomzodini rad etgan.
“Yevropaliklar nomimizdan kim gapirishini o‘zimiz hal qilamiz. Buni boshqalar belgilamaydi”, — degan Germaniya kansleri Fridrix Mers.
Mavzuga oid
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
21:14 / 27.05.2026
Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
09:37 / 27.05.2026