Ma’lum qilinişiça, Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak yonilği bozoridagi vaziyat böyiça yiğiliş ötkazgan. Unda içki bozor barqarorligini ta’minlaş va sohadagi kompaniyalar hamda davlat idoralari harakatlarini muvofiqlaştiriş masalalari muhokama qilingan.

RBK manbasiga köra, mazkur taşabbus hozirda Rossiya Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi bilan kelişilmoqda. Çeklovlar bir yoki ikki oy muddatga joriy qilinişi mumkin.

Yiğiliş yakunlariga köra, neft kompaniyalariga neft mahsulotlari eksport hajmini çeklaş tavsiya etilgan. Avvalroq Rossiya 1 apreldan 31 iyulgaça benzin eksportini töliq taqiqlagan edi.

Naşrlar ta’kidlaşiça, dizel yonilğisi eksportiga çeklovlar 2023 yil sentabridan buyon içki bozorni barqarorlaştiriş maqsadida bir neça bor joriy etilgan. Ammo aviakerosin eksportini çeklaş masalasi ilk bor kötarilmoqda.

Reuters agentligi esa Ukraina dronlari hujumlari ortidan Rossiyaning markaziy qismidagi deyarli barça yirik neftni qayta işlaş zavodlari qisman yoki töliq işini töxtatganini xabar qildi.

Agentlik ma’lumotiga köra, hujumlar ta’sirida töxtab qolgan yoki işlab çiqarişni qisqartirgan zavodlarning umumiy quvvati yiliga 83 million tonnadan oşadi. Bu Rossiya neftni qayta işlaş quvvatining qariyb çorak qismiga teng.