Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2027 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin
Jahon meteorologiya tashkiloti prognozlariga ko‘ra, 2026–2030 yillar oralig‘ida Yerdagi o‘rtacha harorat tarixiy rekord darajalarga yetishi mumkin. Mutaxassislar 2027 yilni kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi ehtimoli yuqori deb baholamoqda.
Foto: AP
BMT huzuridagi Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT)ning yangi hisobotida qayd etilishicha, 2026–2030 yillarda Yerning o‘rtacha yillik harorati sanoatlashuvdan oldingi 1850–1900 yillar ko‘rsatkichidan 1,3–1,9 daraja Tselsiyga yuqori bo‘lishi mumkin.
Tashkilot mutaxassislari global haroratning sanoatlashuvdan oldingi davrga nisbatan kamida 1,5 darajaga oshish ehtimolini 75 foiz deb baholagan. Mazkur chegara 2015 yilda qabul qilingan Parij iqlim kelishuvida belgilangan uzoq muddatli maqsad hisoblanadi.
Hisobotga ko‘ra, 2026–2030 yillar orasidagi yillardan biri 2024 yilda o‘rnatilgan harorat rekordini yangilashi ehtimoli 86 foizni tashkil etadi. Meteorologlar bunday rekord eng ehtimol 2027 yilda kuzatilishini taxmin qilmoqda.
Bu holatga asosiy omillardan biri sifatida El-Nino iqlim hodisasi ko‘rsatilmoqda. U Tinch okeanning ekvator qismida suv haroratining ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab ob-havo sharoitlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, hisobotda Arktikada keyingi besh qish mavsumi davomida harorat 1991–2020 yillar o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2,8 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Meteorologlar Shimoliy Yevropada esa sernam qishlar kuzatilishi va bu suv toshqinlari xavfini oshirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid
13:24 / 23.03.2026
El-Nino xavfi: yangi issiqlik rekordlari kutilyapti
07:33 / 16.12.2025
Qaysi shahar eng issiq, qaysisi eng sovuq? Dunyo shaharlari iqlimi
20:45 / 21.07.2025
Harorat keskin ko‘tarilishi issiqlikdan o‘lim holatlarini uch baravar oshirishi mumkin – Jahon banki
11:17 / 06.05.2025