BMT huzuridagi Jahon meteorologiya taşkiloti (JMT)ning yangi hisobotida qayd etilişiça, 2026–2030 yillarda Yerning örtaça yillik harorati sanoatlaşuvdan oldingi 1850–1900 yillar körsatkiçidan 1,3–1,9 daraja Tselsiyga yuqori bölişi mumkin.

Taşkilot mutaxassislari global haroratning sanoatlaşuvdan oldingi davrga nisbatan kamida 1,5 darajaga oşiş ehtimolini 75 foiz deb baholagan. Mazkur çegara 2015 yilda qabul qilingan Parij iqlim kelişuvida belgilangan uzoq muddatli maqsad hisoblanadi.

Hisobotga köra, 2026–2030 yillar orasidagi yillardan biri 2024 yilda örnatilgan harorat rekordini yangilaşi ehtimoli 86 foizni taşkil etadi. Meteorologlar bunday rekord eng ehtimol 2027 yilda kuzatilişini taxmin qilmoqda.

Bu holatga asosiy omillardan biri sifatida El-Nino iqlim hodisasi körsatilmoqda. U Tinç okeanning ekvator qismida suv haroratining kötarilişi bilan boğliq bölib, butun dunyo böylab ob-havo şaroitlariga jiddiy ta’sir körsatadi.

Şuningdek, hisobotda Arktikada keyingi beş qiş mavsumi davomida harorat 1991–2020 yillar örtaça körsatkiçidan 2,8 darajaga yuqori bölişi kutilmoqda. Meteorologlar Şimoliy Yevropada esa sernam qişlar kuzatilişi va bu suv toşqinlari xavfini oşirişi mumkinligini ta’kidlamoqda.