Sport | 14:36
3445
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy jamoasining JCh uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaning jahon chempionatida ishtirok etuvchi 26 nafar futbolchidan iborat tarkibini e’lon qildi. Jaloliddinov, Rahmonaliyev, Temirov va Jiyanov tarkibdan tushib qoldi.

Foto: O‘FA

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy jamoaning jahon chempionatida ishtirok etuvchi 26 nafar futbolchidan iborat tarkibini e’lon qildi.

Kannavaro yig‘inga olib ketgan tarkibga kiritilgan Umarali Rahmonaliyev, Jasur Jaloliddinov, Ruslan Jiyanov va Sherzod Temirov (barchasi oldingi chiziq vakillari) yakuniy ro‘yxatga kirmadi.

Yakuniy tarkibdan uch nafar darvozabon, o‘n nafar himoyachi, o‘n nafar yarimhimoyachi va uch nafar hujumchi joy oldi.

Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov, Abduvohid Ne’matov, Botirali Ergashev.

Himoyachilar: Abduqodir Husanov, Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiyev, Rustam Ashurmatov, Umar Eshmurodov, Sherzod Nasrullayev, Abdulla Abdullayev, Avazbek O‘lmasaliyev, Jahongir O‘rozov, Behruz Karimov.

Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy, Otabek Shukurov, Jamshid Iskanderov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov, Dostonbek Hamdamov, Aziz G‘aniyev, Abbosbek Fayzullayev, Sherzod Esanov.

Hujumchilar: Eldor Shomurodov, Igor Sergeyev, Azizbek Omonov.

Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro shogirdlari 1 iyun kuni Kanadada mezbonlarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 0:2 hisobida yutqazib, 6 o‘yindan buyon davom etayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasini to‘xtatdi. Keyingi o‘rtoqlik uchrashuvi 8 iyun kuni Nyu York shahrida Niderlandiya milliy jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Milliy jamoa JChdagi dastlabki uchrashuvini 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 8:00 da Mexikoda Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Keyingi raqiblar Portugaliya va Kongo DR jamoalari bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid