Bugun, 22 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasi bilan uçraşuv ötkazdi. 

Davlat rahbari katta futbol bayrami – AQŞ, Meksika va Kanada maydonlarida böladigan jahon çempionati oldidan barçani qutladi.

«Biz bu kunlarni butun xalqimiz, futbol işqibozlari bilan 34 yil kutdik. Şu ma’noda, futbolçilarimizni Özbekiston tarixida yangi sahifa oçgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi.

Çunki ular har bir öyinga yuqori tayyorgarlik körib, yuksak mas’uliyat, vatanparvarlik ruhi bilan faqat ğalaba uçun maydonga tuşdi. Xalqimizga olam-olam quvonç bağişladi.

Töğrisini aytsam, mundial yöllanmasi qölga kiritilgan kuni közimga uyqu kelmadi. Barça yurtdoşlarimiz kabi men ham iç-içimdan quvondim, bayram qildim.

Fursatdan foydalanib, maydonda jasorat va mahorat körsatgan futbolçilarimizga, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalari, ustoz va murabbiylariga taşakkur izhor etaman», – dedi davlat rahbari.

«Bugungi uçraşuvimizda taniqli şoir, adib va san’atkorlarimiz ham iştirok etyapti. Ular maydonda jasorat va matonat körsatgan futbolçilarimiz haqida yangi şe’r va asarlar yozmoqda, qöşiq va madhiyalar yaratmoqda. 

Tadbirkorlarimizni aytmaysizmi. Ular ham allaqaçon harakatni boşlab yuborgan. Biznes vakillari sizlar orqali milliy brendini dunyoga tanityapti, yangi bozorlarga çiqyapti. 

Aziz farzandlarim, köryapsizlarmi? Sizlar nafaqat sport rivojiga hissa qöşyapsiz, balki tadbirkorlarimizga yangi imkoniyatlar eşigini oçib, adabiyot va san’at ahliga yangi ilhom, yangi ruh va qanot beryapsiz. 

Yoşlarimizga haqiqiy örnak böldingiz. “Men ham maşhur futbolçi bölaman” degan bolajonlarimiz safi köpayib bormoqda. Xalqimiz sizlar bilan doim faxrlanadi!» – dedi prezident.

Yurtimizda sportga, xususan, futbolga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan şaroitlar mazkur yutuqlarga katta zamin böldi. 
 
Sönggi yillarda joylarda 200 dan ziyod yirik sport inşootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari iş boşladi. 1,5 mingdan ortiq mahallaga sport maydonçalari qurib berildi. Poytaxtda zamonaviy Olimpiya şaharçasi barpo etildi, Yuqori Çirçiqda «Milliy futbol markazi» işga tuşirildi. Har bir viloyatda bittadan professional futbol akademiyasi va futbol maktablari taşkil qilindi.