Jahon | 21:20 / 04.06.2026
1698
2 daqiqa o‘qiladi

Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov

AQSh davlat kotibi Marko Rubioning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash haqidagi so‘zlari «Baydenning urushi» «Trampning urushi»ga aylanganini ko‘rsatadi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Foto: Rossiya TIV

«AQSh muloqot tarafdori bo‘lsa, biz tarafdormiz. Yevropa men uchun bu elita boshchiligidagi hozirgi holatda, umuman olganda, kesilgan bo‘lakdir. U yerdan ovozlar eshitiladi: biz baribir qachondir gaplashamiz, - bu jiddiy emas. Ularda juda ko‘p imkoniyatlar bor edi va ular bu imkoniyatlarning barchasini boy berdi», dedi u.

Lavrovning eslatishicha, Tramp Oq uyga qaytganidan keyin Moskva va Vashington o‘rtasidagi muloqot qayta tiklanganida, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida telefon suhbatlari bo‘lib o‘tgan, Rossiya vazirining Ar-Riyozda amerikalik hamkasbi bilan uchrashuvi, Alyaskada sammit.

«Bizga hamkasblarimiz doim aytgan, Donald Tramp ham omma oldida ta’kidlagan: agar men prezident bo‘lganimda, Ukrainada urush bo‘lmas edi, bu Bayden urushi, u hech kimga kerak emas, odamlar halok bo‘lmoqda. Ammo Kongressda Marko Rubioning AQSh vositachi emas, balki Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi davlat sifatidagi roli haqida aytgani buning aksini ko‘rsatadi: Baydenning urushi allaqachon Trampning urushiga aylandi», dedi Lavrov.

Rossiya vaziri bu borada Pentagonning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash dasturi 2029 yilgacha ma’qullanganini eslatdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid