Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva XAEA bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi
Muloqot davomida milliy yadro energetikasi infratuzilmasini yaratish, yadroviy tibbiyotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 4 iyun kuni Xalqaro atom energetikasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi.

«Bugun XAEA bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdim. Oliy martabali mehmon Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi qurilishining boshlanishi marosimida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Muloqot davomida ushbu nufuzli tashkilot bilan milliy yadro energetikasi infratuzilmasini yaratish, yadroviy tibbiyotni rivojlantirish va soha uchun kadrlar tayyorlash borasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


Mavzuga oid
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
23:03 / 02.06.2026