Texnologiya | 20:18 / 06.06.2026
1352
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, model 6,5 dyuymli ekranga ega bo‘lib, Galaxy S27 Ultra smartfoniga nisbatan ixchamroq bo‘ladi.

Foto: gizmochina.com

Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni 5000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi, deb xabar qildi GizmoChina hali taqdimoti o‘tkazilmagan qurilma haqida.

Nashr manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, model 6,5 dyuymli ekranga ega bo‘lib, Galaxy S27 Ultra smartfoniga nisbatan ixchamroq bo‘ladi. Ultra versiyasi 5200-5500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanishi aytilgan.

Galaxy S27 Pro smartfoni Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro protsessorida ishlashi kutilmoqda.

Shuningdek, smartfon asosiy va keng burchakli sensorlar hamda 50 megapikselli telefotokameraga ega bo‘ladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung kompaniyasi Galaxy S27 Ultra smartfonini asosiy kamerofon sifatida ko‘rmoqda, Pro versiyasi esa aksariyat foydalanuvchilar uchun maqbul variatn bo‘lishi kutilmoqda.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid