Jahon | 15:38
1864
5 daqiqa o‘qiladi

Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi

Dushanba tongida Filippin janubidagi Mindanao oroli qirg‘oqlarida qariyb 8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi ortidan yana yuzdan ortiq aftershoklar kuzatildi: kamida 32 kishi halok bo‘ldi, yana 134 kishi jarohatlangan.

Foto: Reuters

8 iyun kuni Filippin janubidagi Mindanao oroli qirg‘oqlarida yuz bergan 7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 07:37da sodir bo‘lgan. Dastlabki zilziladan keyin 1 dan 6,7 balgacha gacha bo‘lgan 130 dan ortiq aftershoklar qayd etildi.

Qirg‘oqbo‘yi hududlarida zilzila elektr va aloqa tarmoqlarini vaqtincha ishdan chiqardi, biroq keyinchalik ular qayta tiklandi. Zilzila episentri yaqinida joylashgan General-Santos shahri Filippinning «tunes poytaxti» sifatida tanilgan.

2026-06-08 15.39.42

BBC’ning mahalliy rasmiylarga tayanib yozishicha, zilzila oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Bir nechta viloyatda — Janubiy Kotabato, Sulton Qudarat, Sarangani — va General-Santos shahrida kamida 134 kishi jarohatlangan. Bu raqamlar hali tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy agentligi tomonidan qayta tekshirilishi va tasdiqlanishi kerak.

Reutersʼning Fuqaro muhofazasi rasmiylariga tayanib yozishicha, hozirda tegishli idoralar Mindanao bo‘ylab bino parchalari qulashi va yer ko‘chkilari oqibatida 32 kishi halok bo‘lgani hamda 134 kishi jarohatlangani to‘g‘risidagi dastlabki xabarlarni tekshirmoqda. Zilzila oqibatlarini bartaraf qilishga Filippin harbiylar va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish guruhlarini safarbar qilingan.

Nashrning yozishicha, Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashining rasmiy hisoboti odatda hodisadan bir kun o‘tib e’lon qilinadi. Ular politsiya, mahalliy rasmiylar va humanitar yordam agentliklari kabi turli manbalardan olingan barcha raqamlarni umumlashtirib, jadval ko‘rinishiga keltirishadi.

Binolar qulab tushdi

Video va fotosuratlarda binolarning qulayotgani, jumladan, «Jollibee» tezkor taomlar restorani binosining butunlay vayronaga aylangani aks etgan.

G‘arbiy Davao viloyatidagi boshlang‘ich maktablardan biri ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan videoda o‘nlab qo‘rqib ketgan o‘quvchilarning silkinayotgan yerda cho‘kkalab o‘tirganini ko‘rish mumkin.

Videoda, shuningdek, ularning ortidagi tunuka tomli boshpana qulab tushgani ham aks etgan, biroq maktab ma’muriyati o‘z xabarida hech kim jarohat olmaganini qayd etdi.

Filippin prezidenti Ferdinand Markos kichik o‘z bayonotida tegishli idoralar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish choralarini o‘zaro muvofiqlashtirayotganini bildirdi. «Milliy hukumat harakatga tushgan va biz Mindanaoni e’tiborsiz qoldirmaymiz», deya va’da berdi u.

2026-06-08 15.39.32

Shuningdek, Markos zilziladan zarar ko‘rgan hududlarda darslarni to‘xtatishga buyruq berdi. Ushbu ofat Filippinda yangi o‘quv yilining birinchi kuniga to‘g‘ri keldi.

Beqaror mintaqa

Geologik jihatdan beqaror bo‘lgan «Olovli halqa»da joylashgan Filippinda zilzilalar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Bu zilzilalarning aksariyati kuchsiz va nisbatan tinch o‘tsa-da, ayrimlari halokatli ekani isbotlangan. Xususan, o‘tgan yilning sentabr oyida Markaziy Visayas mintaqasida sodir bo‘lgan 6,9 magnitudali zilzila 70 dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.

2026-06-08 15.39.35
Foto: Reuters

Dushanba kuni ertalab yuz bergan zilziladan ko‘p o‘tmay, Yaponiyaga tegishli Ogasavara orollarida esa 20 sm balandlikdagi to‘lqin qayd etildi. Shuningdek, Indoneziya, Palau va Filippin qirg‘oqlarining bir nechta nuqtalarida ham to‘lqinlar aniqlangan.

Rasmiylarga ko‘ra, ushbu to‘lqinlarning balandligi bir necha santimetrdan 1,4 metrgacha yetgan. Tsunami xavfiga doir ogohlantirishlarning ayrimlari bir necha soatdan keyin bekor qilindi.

Фаррух Абсаттаров
Tayyorlagan Фаррух Абсаттаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid