Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
Juma kuni soat 15:26 da Tojikistonda zilzila qayd etildi. Uning kuchi Toshkent shahri va qator viloyatlarda 2–3 ball ko‘rinishida sezildi.
3 aprel kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir qator hududlarida sezildi, deya xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi
Soat 15:26 da kuzatilgan yer silkinishi Toshkentdan 296 km janubi-sharqda joylashgan. Magnitudasi 5,5, chuqurligi 10 km.
Zilzila O‘zbekiston viloyatlarida quyidagicha sezildi:
- Farg‘ona viloyatida 3 ball, 140 km;
- Namangan viloyatida 2 ball, 200 km;
- Andijon viloyatida 2 ball, 203 km;
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 234 km;
- Toshkent viloyatida 2 ball, 257 km;
- Toshkent shahrida 2 ball, 269 km.
Mavzuga oid
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:36 / 21.05.2026