O‘zbekiston | 15:00
849
4 daqiqa o‘qiladi

Yandex Pro hamjamiyati futbol maydonida birlashdi

Toshkentdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasida Yandex Pro hamjamiyati uchun tashkil etilgan ilk futbol turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Turnirda Yandex Taxi, Yandex Taomlar, Lavka hamda Yetkazib berish xizmatlari hamkorlaridan iborat 32 ta jamoa ishtirok etdi

Musobaqa davomida ishtirokchilar bir necha kun davom etgan saralash va pley-off uchrashuvlarida kuch sinashdi. Final bosqichida esa eng kuchli jamoalar g‘oliblik uchun maydonga tushdi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, loyiha nafaqat sport musobaqasi, balki turli servislar bilan hamkorlik qilayotgan insonlarni bir maydonda jamlash, ularning o‘zaro muloqoti va hamjihatligini mustahkamlashga qaratilgan.

Yandex Uzbekistan bosh direktori Izzat Shukurovning aytishicha, musobaqani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ekotizimda faoliyat yuritayotgan insonlarni yanada yaqinlashtirish bo‘lgan.

“Biz o‘zbeklarda “mehr ko‘zda”degan gap bor. Shuning uchun ekotizimimizda ishlayotgan insonlar bir-birini yaqindan ko‘rsin, futbol o‘ynab, jamoa bo‘lib, bir-biriga yaqinroq bo‘lsin degan niyat qildik. Sport orqali odamlar bir-biriga yaqinlashadi. Shuning uchun bunday turnirlarni o‘tkazish juda muhim deb hisoblayman”, — dedi u.

Izzat Shukurovning ta’kidlashicha, kompaniya yil boshidan buyon O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda va mamlakat futbolini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.

“Bugungi terma jamoamiz safidagi futbolchilar ham Professional Futbol Ligasi tizimida shakllangan sportchilardir. Shu bois kelajakda terma jamoa safidan joy olishi mumkin bo‘lgan yosh futbolchilarni bugundan qo‘llab-quvvatlash kerak deb hisoblaymiz”, — dedi Yandex Uzbekistan rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya kelgusida ham shu kabi sport va jamoaviy tadbirlarni muntazam tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev havaskor futbol musobaqalarining rivojlanishi professional futbol taraqqiyoti uchun muhim omillardan biri ekanini ta’kidladi.

“Oldin bizda faqat professional futbol bo‘lgan, o‘rtada esa ko‘prik yetishmagan. Bugun esa mahallalar, maktablar, universitetlar o‘rtasidagi turnirlar va shunday tashabbuslar futbolning ommalashishiga xizmat qilmoqda. Futbol bilan shug‘ullanuvchilar qancha ko‘p bo‘lsa, professional futbol ham shuncha rivojlanadi”, — dedi Diyor Imomxo‘jayev.

Uning fikricha, Yandex tomonidan tashkil etilgan ushbu turnirning ahamiyati shundaki, u avval havaskor futbol musobaqalari qamrab olmagan auditoriyani ham futbol jarayoniga jalb qilmoqda.

“Talabalar, maktablar yoki mahallalar o‘rtasidagi musobaqalar mavjud edi. Endi esa aynan shu yo‘nalishda ishlayotgan insonlarning ham musobaqalarga qo‘shilayotgani havaskor futbol qamrovini kengaytiradi. Bu esa juda muhim yutuq”, — dedi PFL rahbari.

Turnir davomida yuzlab ishtirokchilar va ularning yaqinlari stadionga tashrif buyurdi. Ko‘pchilik uchun bu nafaqat sport musobaqasi, balki yangi tanishuvlar, yangi do‘stlar orttirish va katta hamjamiyatning bir qismiga aylanish imkoniyati bo‘ldi.

Yandex Pro turniridan kimdir kubok va medallar bilan uyiga qaytgan bo‘lsa, yana kimdir yangi do‘stlar va yorqin taassurotlar bilan qaytdi. Ammo musobaqaning eng katta natijasi allaqachon ma’lum. Bu turnir turli kasb va yo‘nalishdagi insonlarni bir maydonda birlashtirib, jamoaviylik, hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash kabi qadriyatlarni yana bir bor namoyon etdi.

Reklama huquqi asosida

Мунира Тошниёзова
Tayyorlagan Мунира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish