Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi elektromobillar bozoridagi ishtirokini kengaytirish maqsadida yangi uzoq masofaga harakatlanuvchi avtomobil ustida ishlamoqda. Yangi model kompaniyaning Tesla va BYD kabi yirik raqobatchilarga qarshi pozitsiyalarini mustahkamlashi kutilmoqda.
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Xiaomi Xitoy regulyatorlariga yangi avtomobil modeli bo‘yicha hujjatlarni taqdim etgan. Yangi transport vositasi elektr motori va ichki yonuv dvigateli kombinatsiyasi asosida ishlaydigan uzaytirilgan harakat zaxirasiga ega (EREV) texnologiyadan foydalanadi.
Ushbu texnologiya avtomobilga akkumulyator quvvati tugaganda ham kichik benzin dvigateli orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Bu esa avtomobilning bir marta quvvatlanish va yonilg‘i quyish orqali bosib o‘tadigan masofasini sezilarli darajada oshiradi.
Tahlilchilar fikricha, yangi model Xiaomi uchun muhim ahamiyatga ega. Kompaniyaning avvalgi SU7 elektrosedani Xitoy bozorida katta qiziqish uyg‘otib, Tesla Model 3 bilan raqobatga kirishgan edi. Endi esa Xiaomi bozorning yanada keng segmentini qamrab olish uchun yangi turdagi avtomobilni taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Mutaxassislar EREV texnologiyasi ayniqsa infratuzilmasi to‘liq rivojlanmagan hududlarda talab yuqori bo‘lgan segment hisoblanishini ta’kidlamoqda. Shu sababli Xiaomi yangi model orqali nafaqat Xitoy, balki xalqaro bozorlarda ham o‘z ulushini oshirishga harakat qilmoqda.
So‘nggi yillarda smartfon ishlab chiqaruvchilarining avtomobil sanoatiga kirib kelishi jadallashdi. Xiaomi bu yo‘nalishdagi eng faol kompaniyalardan biri bo‘lib, elektromobillar sohasiga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda.
Tahlilchilarning baholashicha, yangi modelning muvaffaqiyati Xiaomiʼning kelajakdagi avtomobil strategiyasi va global raqobatdagi o‘rnini belgilab berishi mumkin.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
07:48 / 24.05.2026
Toshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
08:59 / 22.05.2026