Yangi seriya ijtimoiy tarmoqlar uçun faol kontent yaratadigan, sayohat qiladigan, konsert va sport tadbirlariga taşrif buyuradigan hamda uzoq masofadan ham sifatli kadrlar olişni istaydigan foydalanuvçilarga möljallangan.
Leica telefotokamerasi va masofadan tasvirga oliş
T seriyasida ilk bor har ikki model ham 5 karrali optik zumga ega Leica telefotokamerasi bilan jihozlandi. Smartfonlar obektlarni sifatni sezilarli yöqotmasdan yaqinlaştiriş imkonini beradi va 120x AI Zoom funksiyasini qöllab-quvvatlaydi.

Kompaniya ma’lumotiga köra, Xiaomi 17T seriyasi “lahzani uşlab qoliş” muhim bölgan holatlar uçun yaratilgan: stadiondagi emotsiyalar, artistlar çiqişlari, şahar arxitekturasi detallari yoki sayohatlardan jonli kadrlar.
50 MP asosiy kamera Leica Summilux optikasi va optik stabilizatsiya tizimi bilan jihozlangan. Şuningdek, qurilmalar makrotasvirga oliş va yuqori sifatli video yozişni ham qöllab-quvvatlaydi.
“Jonli” kadrlarning yangi formati
Seriyaning asosiy funksiyalaridan biri Leica Live Moment böldi — bu rejim nafaqat kadrning özi, balki harakat, atmosfera va emotsiyalarni ham saqlab qoliş imkonini beradi.
Xiaomi ta’kidlaşiça, mazkur funksiya ijtimoiy tarmoqlar va qisqa videolar uçun yanada “jonli” kontent yaratişga qaratilgan. Foydalanuvçilar uçun yangi effektlar, firmaviy Leica suv belgilar va kollaj yaratiş instrumentlari ham mavjud.
Flagman Xiaomi 17T Pro modeli qöşimça ravişda tabiiy fon xiralaştiriş effektiga ega 4K cinematic videotasvirga olişni qöllab-quvvatlaydi.
Katta ekran va köz muhofazasi
Smartfonlar yorqinligi 3500 nitgaça bölgan AMOLED displeylar bilan jihozlangan bölib, ekran quyoşli havoda ham yaxşi körinişni ta’minlaydi.

Kompaniya şuningdek Xiaomi Vision Care tizimini joriy qildi. U ekranni atrof-muhit yoruğligiga avtomatik moslaştiradi va qurilmadan uzoq vaqt foydalanilganda közga tuşadigan yuklamani kamaytiradi.


















