O‘zbekiston | 20:54 / 14.06.2026
583
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkaziladi

Tanlov g‘oliblari bosqich va egallagan o‘rinlariga qarab BHMning 100 baravaridan 600 baravarigacha pul mukofotlari bilan mukofotlanadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktablar har yili 1 yanvardan 1 fevralga qadar maxsus platformada ro‘yxatdan o‘tadi hamda maktab terma jamoasi tarkibini belgilaydi.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

  • tuman bosqichi – har yili 1 aprelgacha tumandagi maktab terma jamoalari o‘rtasida;
  • hududiy bosqich– har yili 1 iyulgacha tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘lgan maktab terma jamoalari o‘rtasida;
  • respublika bosqichi – har yili 1 oktyabrgacha hududiy bosqichda 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘lgan maktab terma jamoalari o‘rtasida.

Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan mukofotlanadi:

  • tuman (shahar) bosqichida 1-o‘rin – BHMning 200 baravari, 2-o‘rin – BHMning 150 baravari, 3-o‘rin – BHMning 100 baravari miqdorida;
  • hududiy bosqichda 1-o‘rin – BHMning 300 baravari, 2-o‘rin – BHMning 250 baravari, 3-o‘rin – BHMning 200 baravari miqdorida;
  • respublika bosqichida 1-o‘rin – BHMning 600 baravari, 2-o‘rin – BHMning 450 baravari, 3-o‘rin – BHMning 300 baravari miqdorida.
Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid