Vazirlar Mahkamasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun «Sun’iy intellekt yönalişida eng yaxşi startap» (President AI Award) tanlovini taşkil etiş tartibini tasdiqladi.
Qarorga muvofiq, tanlov mamlakatda sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan innovatsion ğoyalar va startaplarni qöllab-quvvatlaş, texnologik yeçimlarni amaliyotga joriy etiş hamda sohada iqtidorli yoşlarni rağbatlantirişga qaratilgan.
Tanlov sun’iy intellekt texnologiyalarini qöllaş, raqamli mahsulotlar va xizmatlar yaratiş, davlat boşqaruvi, ta’lim, soğliqni saqlaş, moliya, sanoat, logistika va boşqa ustuvor sohalar uçun innovatsion yeçimlar işlab çiqiş kabi yönalişlarni qamrab oladi.
Belgilangan tartibga köra, ğolib jamoalarga quyidagi miqdorda mukofotlar taqdim etiladi:
1-örin uçun — 100 ming AQŞ dollari;
2-örin uçun — 60 ming AQŞ dollari;
3-örin uçun — 40 ming AQŞ dollari.
Şuningdek, tanlov ğoliblari öz loyihalarini rivojlantiriş uçun investitsiya jalb qiliş imkoniyatiga ham ega böladi. Loyihalarni moliyalaştirişda vençur jamğarmalar va xususiy investorlar iştirok etişi közda tutilgan.
Tanlov bir neça bosqiçda taşkil etiladi. Saralaş jarayonlarida mutaxassislar tomonidan loyihalarning texnologik yangiligi, iqtisodiy samaradorligi, bozor salohiyati va amaliy ahamiyati baholanadi.
Hukumat qarori bilan mazkur tanlovni har yili ötkaziş, uning şaffofligi va oçiqligini ta’minlaş hamda sun’iy intellekt sohasida milliy startap ekotizimini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlarni amalga oşiriş belgilandi.











