Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon Leo sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonda ishga tushiriladi
Mijozlar telekommunikatsiya infratuzilmasi cheklangan yoki mavjud bo‘lmagan olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari hamda hududlarda ham tezkor internet xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Amazon Leo (AQSh) kompaniyasi hamda «UZ-SAT» qo‘shma korxonasi o‘rtasida O‘zbekiston hududida yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini tarqatish bo‘yicha kelishuv imzolandi, deb xabar berdi Raqamli texnologiyalar vazirligi. Qayd qilinishicha, hujjat beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolangan.
Ta’kidlanishicha, Amazon Leo sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmog‘i yuqori tezlikdagi internetga ulanish xizmatlarini taqdim etadi. Ushbu xizmatlardan foydalanuvchilar nafaqat shahar hududida, balki telekommunikatsiya infratuzilmasi cheklangan yoki mavjud bo‘lmagan olis va borish qiyin bo‘lgan aholi punktlari hamda hududlarda ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot berilishicha, mijozlar tarmoqqa Amazon Leo Nano, Amazon Leo Pro va Amazon Leo Ultra kabi yuqori samaradorlikka ega ixcham antennalar orqali ulanib, dunyoning deyarli istalgan nuqtasida yuqori tezlikdagi keng polosali internet xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Nano qurilmasi oddiy foydalanuvchiga mo‘ljallangan, chunki u tarmoqqa 100 Mbit/s tezlikda kirish imkonini beradi. Ultra esa aslida sanoat antennasi bo‘lib, uni qo‘llash orqali yanada yuqori ulanish tezligini ta’minlash mumkin: 1 Gbit/s darajasida. Shunday qilib, ham fuqarolarning, ham yirik korxonalarning ehtiyojlarini qondirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Amazon Leo bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan mintaqadagi birinchi davlat emas. O‘tgan yilning sentabr oyida AQSh aloqa operatori Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatishni boshlashi, u yerda «Qazaqtelekom» kompaniyasi amerikaliklarning eksklyuziv hamkori bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.
Amazon Leo loyihasi (avvalgi nomi Kuiper) - dunyoning istalgan nuqtasida yuqori tezlikdagi keng polosali internetdan foydalanishni ta’minlash uchun past Yer orbitasida joylashtirilgan 3 mingdan ortiq sun’iy yo‘ldoshlardan iborat tarmoq. Amazon korporatsiyasining ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga investitsiyalari 10-20 milliard dollarga baholanmoqda. Loyiha Ilon Maskning Space X kompaniyasi Starlink sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ining asosiy raqobatchisi hisoblanadi. Starlink allaqachon Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonda rasman ish boshlagan.
Mavzuga oid
21:55 / 15.06.2026
Anthropic AQSh hukumati talabiga binoan o‘zining eng kuchli sun’iy intellekt modellarini o‘chirdi
20:26 / 12.06.2026
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
22:16 / 11.06.2026
Routerni qanchalik tez-tez qayta ishga tushirish kerak: ko‘pchilik unutadigan qoida
20:12 / 05.06.2026